II-BOB. QURILISH MAYDONINING INJINERLIK TAYYORGARLIGI




Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/63
Sana02.04.2023
Hajmi3.18 Mb.
#48223
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
Bog'liq
qurilish texn
rezer2, INFORMATIKA XONASIGA LOGO RASMLAR, AZAMATOVA.G.N BUXORO M.I, 86653453, 533365, Намуна Баходиров Баходир Баходирович Таб 12, SMS yuborish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va ochish., adabiyot navoiy, Elektr texnologik qurilma va tizimlari vazifasi., 10 Matematika kalit, 32489, 1b, 3-Sinf matematika 68 soat to\'garak
II-BOB. QURILISH MAYDONINING INJINERLIK TAYYORGARLIGI
 
2.1. Umumiy qoidalar. Injener-geologik tadqiqotlar 
 
Binolar va inshootlar qurilishining muhim bosqichlaridan biri qurilish ishlab 
chiqarishni tayyorlashni amalga oshiradigan tayyorgarlik davri hisoblanadi. Bu 
bosqichda qurilish-montaj ishlarini rejali amalga oshirishga va ob’ekt qurilishi barcha 
ishtirokchilarining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan faoliyatlariga asos solinadi, bino va 
inshootlarni belgilangan muddatlarda sifatli barpo etish uchun zarur sharoitlar 
yaratiladi va ta’minlanadi. 
Bu davrda qurilishni loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlash masalalari, 
qurilish uchun maydonni ajratish va biriktirish, ob’ektni unga olib boradigan yo‘llar 
bilan, suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash, bozorni tahlil qilish va 
konstruksiyalarni, materiallarni hamda jihozlarni etkazib beruvchilar bilan 
tayyorgarlik muzokaralarini o‘tkazish, pudrat va subpudrat shartnomalarini tuzish, 
ishlarni amalga oshirishga ruxsatnomalar va yo‘l berishlarni rasmiylashtirish 
masalalari hal etiladi. 
Har bir aniq holda tayyorgarlik ishlari tarkibi tabiiy-iqlim sharoitlari, qurilish 
maydonining xususiyatlari, barpo etilayotgan bino va inshootlarning – yangi qurilish, 
kengaytirish, rekonstruksiya, to‘liq ta’mirlash kabi o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
tartibga solinadi. 
Ob’ektni qurishga oid bo‘lgan tayyorgarlik ishlari qurilish maydonidan 
tashqarida va maydon ichida bajariladigan ish turlariga bo‘linadi. 
Maydondan tashqarida amalga oshiriladigan tayyorgarlik ishlari quyidagilarni 
o‘z ichiga oladi: qurilish ob’ektiga olib boradigan yo‘llarni yotqizish, elektr uzatish 
va telefonlashtirish liniyalarini o‘tkazish, suv ta’minoti, kanalizatsiya va yomg‘ir 
suvlari oqiziladigan tarmoqlarni o‘tkazishni, zarur bo‘lganda – quruvchilar uchun 
turar-joy shaharchalari va qurilish hamda montaj tashkilotlarining ishlab chiqarish 
bazalarini qurish. 
Maydon ichidagi tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: maydonda gruntning 
muhandislik-geologik xossalarini o‘rganish; geodezik rejalash asosini yaratish; 
maydonni undagi qurilish ishlarini amalga oshirish uchun bo‘shatish – hududni 
tozalash, undagi keraksiz qurilma va konstruksiyalarni buzib olib tashlash; hududni 
tekislash; yer usti va yer osti suvlarini tashqariga chiqarish, zarur bo‘lganda yer osti 
suvlari sathini sun’iy pasaytirish; muhandislik tarmoqlarining mavjudlarini qayta 
o‘tkazish va yangilarini yotqizish; doimiy va vaqtincha yo‘llarni qurish; qurilish 
maydonini elektr energiyasi bilan (xususan, sun’iy yoritish bilan) ta’minlash; 
vaqtincha to‘siqlar o‘rnatish; qurilishni yong‘inga qarshi suv ta’minoti va asbob-
anjom bilan ta’minlash. 
Qurilish maydoni yechinish-kiyinish, maishiy xonalar, oshxona, ishlarni 
boshqaruvchilar va boshqa texnik xodimlar xonalari, dushxona, sanuzellar, qurilish 
materiallari, asboblar saqlanadigan omborlar, vaqtinchalik ustaxonalar, ayvonlar va 
h.k. bilan jihozlanadi. Bunday inshootlar uchun buziladigan binolarning bir qismidan 
foydalanish mumkin (agar ular barpo etilayotgan inshoot gabaritiga kirmasa va 


28 
qurilish ishlarini me’yorida amalga oshirishga xalaqit bermasa albatta). Odatda 
qurilish maydonidagi vaqtincha binolar inventar blokli yoki vagon turida bo‘ladi. 
Tayyorgarlik davrida vaqtinchalik suv ta’minoti (shu jumladan yong‘inga 
qarshi suv ta’minoti tizimi) va elektr energiyani barcha maishiy va boshqa xonalarga, 
shuningdek elektr mexanizmlar o‘rnatiladigan joylarga tortib kelinadigan elektr 
ta’minoti liniyalari yotqiziladi. Qurilish boshlig‘i va ish boshqaruvchi xonalari 
maydon ichidagi va tashqi tashkilotlar bilan aloqa bo‘lishi uchun telefon hamda 
boshqa zamonaviy aloqa vositalari bilan ta’minlanishi kerak. 
Qurilish maydonida qurilish mashinalari (yer qazuvchi, o‘zi yurar kranlar, 
samosvallar)ning vaqtincha turishi uchun joy jihozlanishi, ularni ta’mirlash uchun 
imkoniyatlar yaratilishi nazarda tutilishi kerak. Maydon atrofiga to‘siq o‘rnatilishi 
lozim va mazkur maydon berkitiladigan, ya’ni qulflanadigan darvoza va 
qo‘riqchilarga ega bo‘lishi kerak; ob’ekt tegishli belgilar va yozuvlar bilan 
jihozlanadi. 

Download 3.18 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB. QURILISH MAYDONINING INJINERLIK TAYYORGARLIGI

Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish