O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich




Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/63
Sana02.04.2023
Hajmi3.18 Mb.
#48223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
Bog'liq
qurilish texn
rezer2, INFORMATIKA XONASIGA LOGO RASMLAR, AZAMATOVA.G.N BUXORO M.I, 86653453, 533365, Намуна Баходиров Баходир Баходирович Таб 12, SMS yuborish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va ochish., adabiyot navoiy, Elektr texnologik qurilma va tizimlari vazifasi., 10 Matematika kalit, 32489, 1b, 3-Sinf matematika 68 soat to\'garak
 
 
1.1-rasm. Investitsiyadan oldingi tayyorgarlik masalalarining ketma-ketligi va 
o‘zaro aloqasi: 
1-tender hujjatlarini tayyorlash va qurilishga savdo e’lon qilish; 2-ofertani tayyorlash 
va taqdim etish; 3-tanlov takliflarini baholash, g‘olibni tanlash; 4-qurilishga 
tayyorgarlik, buyurtmalarni joylashtirish; 5-loyiha-smeta hujjatlarini tuzish;
6-hujjatlarni baholash, kelishmovchiliklarni bog‘lash; 7-loyiha smeta hujjatlariga 
tuzatish kiritish; 


10 
Investitsion bosqichdan oldingi ishlarning ketma-ketligi va o‘zaro aloqasi 
investitsion jarayonning goh bir, goh boshqa ishtirokchisi tomonidan navbatma – 
navbat xal qilinadigan masalalarning berk doirasi (1.1-rasm) ko‘rinishida taqdim 
etilishi mumkin.
Bunday masalalar qatoriga quyidagilar kiradi: 
 tender hujjatlarini tayyorlash va qurilishga pudrat savdolarini e’lon qilish;
 tender taklifini tayyorlash va taqdim etish; 
 tanlov takliflarini baholash, g‘olibni tanlash, pudratchi bilan bitim tuzish 
to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazish; 
qurilishga tayyorlanish, buyurtmalarni joylashtirish; 
 loyiha-smeta hujjatlarini tuzish, texnologik hisob-kitoblar; 
 smeta va hisob-kitoblarni tekshirish, e’tirozlar va kelishmovchiliklarni 
ko‘rsatish. 
Ob’ektni barpo qilish bosqichida qurilish ishtirokchilari soni ortadi. 1.2-rasmda 
taqdim etilgan sxemada buyurtmachining va investitsion – qurilish jarayonining 
asosiy ishtirokchilarini birgalikdagi harakatlarining mumkin bo‘ladigan variantlari 
yaqqol ko‘rinib turibdi.
A sxema uncha katta bo‘lmagan ob’ektlarni qurish uchun, shu jumladan 
qurilishning xo‘jalik usuli uchun xosdir, bunda barcha investitsion xavflarni 
buyurtmachi o‘z zimmasiga oladi.
B va V sxema, odatda, tipovoy (namunaviy) ob’ektlarni (masalan, turar-joy, 
sanoat binolari va boshq.) barpo etishda qo‘llaniladi, bunda ham barcha investitsion 
qarorlarni buyurtmachi asoslaydi. 
G sxema yirik loyihalar uchun foydalaniladi, bunda buyurtmachi kapital 
qurilishini boshqarish boshqarmasiga ega va qurilish ishtirokchilarining o‘zaro 
munosabatlarining bitim (shartnoma) tuzish shakli qo‘llaniladi, unga muvofiq 
investitsion havflar ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi.
D sxema yirik miqyosdagi investitsion loyihaga mos keladi, bunda loyihani 
boshqarishni bosh pudratchi-quruvchi amalga oshiradi va u buyurtmachi bilan birga 
bir tomondan, bosh loyihachi va bosh pudratchi bilan ikkinchi tomondan birgalikda 
loyihani amalga oshirishdagi havflarni o‘z zimmasiga oladi.
E sxema - mamlakatimiz qurilish bozorida faqat keyingi yillarda yirik 
investitsion loyihalarni amalga oshirishni boshqarishning qurollaridan biri sifatida 
foydalana boshlanib, ob’ektlarni barpo qilishni davomiyligini tubdan pasaytirishga va 
investitsion-qurilish jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi. 
Umumqurilish ishlari odatda pudrat yoki xo‘jalik usullarida bajariladi.
Pudrat usulida ishlarni qurilish va montaj tashkilotlari shartnoma asosida 
bajarishadi. Bunday usul qurilish va montaj tashkilotlarida doimiy ishchi kadrlari 
bo‘lishiga, ularning malakalari oshirilishiga, qurilish ishlab chiqarishni 
takomillashtirishga, qurilish mashinalari va kranlari bilan, ilg‘or elektrlashtirilgan 
asboblar bilan jihozlanishini ta’minlaydi. 
Tarkibida qurilish-remont bo‘limiga ega yirik ko‘p qirrali firma yoki tashkilot, 
ob’ektni barpo etish, ishlarni bajarish uchun qo‘shimcha ishchilarni yollashga, zarur 
qurilish mexanizmlari va jihozlarini ijaraga olishga, ishlab chiqarish bazasini 


11 
yaratishi yoki kengaytirishi mumkin. Qurilishda xo‘jalik usullarining qo‘llanilishi, 
odatda, qurilish-montaj ishlarining uncha katta bo‘lmagan hajmlarida, pudratchi 
qurilish tashkilotlarining faoliyat ko‘rsatish joylaridan uzoqda bo‘lish bilan bog‘liq 
bo‘lib va umuman cheklangan holda qo‘llaniladi. 
1.2-rasm 


12 
Qurilish jarayonlari va ishlar. Qurilish texnologiyasini asosini qurilish (ishchi) 
jarayoni tashkil etadi.
Jarayonning mohiyatini faoliyat (ta’sir) tashkil etadi. Jarayon – faoliyat 
(ta’sir)lar yig‘indisidir. Faoliyat (ta’sir) xarakatdan ajralmasdir, u o‘z navbatida, vaqt 
bilan uzluksiz bog‘liqdir.
Ta’sirlarning har biri dastlabki mehnat buyumlarini (materiallar, yarim tayyor 
mahsulotlar, buyumlar va h.k.) qayta ishlashga, ularning miqdoriy va sifat tavsiflarini 
o‘zgartirishga yo‘naltirilgan.Ta’sir ijrochi tomonidan maqsadga yo‘naltirilgan holda 
asboblardan, moslamalardan, mexanizmlardan, mashinalardan (texnik vositalardan) 
foydalanib amalga oshiriladi. U kerakli bilim, malaka, axborot bilan ta’minlangan 
bo‘lishi kerak. 
Bitta yoki bir nechta ketma-ket ta’sirlar operatsiyani – jarayonning texnologik 
jihatdan ajralmas elementini tashkil qiladi. Operatsiyaning natijasi dastlabki mehnat 
predmetining xossalaridan yoki tavsiflaridan kamida bittasini yoki ularning o‘zaro 
joylashishini o‘zgartirish hisoblanadi.
Binoning loyihaviy konstruktiyasining konstruktiv elementini yaratishga yoki 
shakllantirishga olib keluvchi bir nechta operatsiya oddiy jarayonni tashkil etadi 
(masalan, kotlovanni yaratishda gruntni qazish). Oddiy jarayon ishchilar va texnik 
vositalarning ma’lum bir aniq tarkibi bilan bajariladi. 
Bajarilish natijasida loyiha konstruktiyasining bir qismi yaratiladigan oddiy 
jarayonlar yig‘indisi kompleks texnologik jarayonni ifoda etadi.
Ob’ektni barpo qilishda murakkab jarayonni tashkil etuvchi bir necha 
kompleks jarayonlar yig‘indisi bajarilishi mumkin bo‘lib, uning natijasida bino yoki 
inshoot barpo etiladi.
Bir qator ob’ektlarning bitta qurilish tashkiloti kuchi bilan qurilishi ob’ekt 
tizimlarini muvofiqlashtirishni va o‘zaro bog‘lanishini talab etadi. Bu holda qurilish 
oqimi shakllanadi, uning asosida ob’ektlararo jarayonni tashkil etuvchi bir qancha 
ob’ekt oqimlari yig‘indisi yotadi. 
Qurilish jarayonlarining ko‘rib chiqilgan va ifodalangan tavsifi ularning 
vertikal qurilishini ifodalaydi va 1.1-jadvalda keltirilgan.
Qurilish jarayolarini murakkablik darajasiga ko‘ra bo‘linishidan tashqari ularni 
quyidagi belgilari bo‘yicha ham guruhlash mumkin:
mexanizatsiyalash darajasi bo‘yicha:
mexanizatsiyalashgan jarayon mexanizmlar yordamida bajariladi (ekskavator 
bilan kotlovan qazish, yig‘ma konstruktiyalarni kran bilan montaj qilish);
dastaki jarayon mexanizatsiyalashgan asbob (vibrator, kraskopult) yoki 
mexanizatsiyalashmagan asbob (belkurak, bolta, arra) yordamida amalga oshiriladi;
yarim mexanizatsiyalashtirilgan jarayon shu bilan tavsiflanadiki, uni bajarishda 
mashinalar bilan birga qo‘l mehnatidan ham foydalaniladi; 
vazifasiga ko‘ra:
asosiy jayonlar, bajarilishi natijasida bino va inshootlarning elementlari va 
qismlari yaratiladi. Bu jarayonlar qurilish ishlab chiqarish mahsulotini olishni 
ta’minlaydi va qurilish jarayonlarining moddiy elementlariga ishlov berish, shaklini 
o‘zgartirish va yangi sifatlar berishdan iborat bo‘ladi;


13 
1.1-jadval. Qurilish texnologik jarayonning vertikal ajratilishi 

Download 3.18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich

Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish