O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi jizzax politexnika instituti a. Usmankulov, A. Salimov, I. Abbazov




Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/82
Sana14.05.2023
Hajmi4.49 Mb.
#59467
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Bog'liq
Tabiy tolalarni dastlabki ishlash Укув кулланма
moodle 4, qizlar toʻgarak, FIZIKA 10 SINF ISH REJA 4 SOATLIK . docx, Multimedia Texnologiyalari, hgc, Marketing asoslari najottalim.uz, AVTOMATIKA ORALIQ SAVOLLARI, 7, GARANT 27-12-2023, Veb server administratori kim , Aytniyazov Ikram Quniyaz uli, Ekonomikalıq turaqlılıq siyasatı., Nargiza taqdimot, Ommalashtirish uchun Sayyora taqdimoti
Jami 
125605 
128870 
153942 
131175 
121392 
100,00 
Izoh.  www.inserco.org SS: 08.09.2009 
Mulberry ipagi eng ko„p ishlab chiqariladigan turidir. Ipak qurti tut 
daraxtining barglari bilan oziqlanadi. Bu ipak iplari ajratuvchi qurtlar hisoblanadi. 
Ipak qurtlari uy sharoitida boqish uchun moslashtirilgan. Hindistonda ipak 
etishtiruvchi hududlar Karnataka, Andxra – Pradesh, G„arbiy Bengaliya, Tamilnad, 
Kashmir va Djammu bo„lib, ularga jami etishiriladigan pillaning 92% to„g„ri 
keladi. Dunyo bo„yicha xom ipak ishlab chiqarish ko„rsatkichi 2-jadvalda 
keltirilgan. 
 
Pilla turlari 
Hindiston turlari. Bu tur ipak qurti Hindiston va Janubiy sharqiy Osiyo 
hududlarida yashaydi. Boshqa turlarga nisbatan ular uzun lichinkali shaklga ega 
bo„lib, ular yuqori haroratga bardoshli, ular kichik o„lchamli yashil, sariq yoki oq 
rangda bo„ladi. 
Yaponiya turlari. Bu tur ipak qurti faqat Yaponiya hududida yashaydi. 
Ularni lichinkalari unchalik katta emas, yashil va sariq rangda bo„ladi. Ikkilangan 


82 
pillalar boshqalariga nisbatan keng tarqalgan. Ipak ipi qalin, ingichka va past sifatli 
bo„ladi. 
Xitoy turlari. Bu tur ipak qurtlari yuqori haroratni ko„taradi. Ular oddiy, faol, 
tez o„sadi va tut daraxti bargini eydi. Pilla eliptik yoki sferik shaklda, oq, oltin 
sariq, yashil, qizil yoki och ranglarda bo„lishi mumkin. 
Tay turlari. Tay ipagi ipak qurtlari tomonidan yaratiladi va boshqalarga 
nisbatan ko„rinishi va rangi bo„yicha farq qiladi. Iplar dag„alroq va ularni tarkibida 
37% ipak smolasi bo„ladi, oddiy ipaklarda 20-25% bo„ladi. Tay ipagi Tailandni 
shimoliy va shimoli sharqiy hududlarida ishlab chiqariladi. 
Evropa turlari. Bu tur ipak Evropa va Markaziy Osiyoda etishtiriladi. Ular 
uzun lichinkalardan iborat bo„lib, tut daraxti bargini eyishadi. Lichinkalar yuqori 
harorat va namlikka bardoshli emas. 
Eri ipak Philosamia ricini madaniylashtirilgan turi hisoblanadi. Eri pillasini 
yigirishda foydalanilishi mumkin. TASAR pillasiga o„xshab rangi, o„lchami va 
yumshoqligi bilan ajratiladi. Yumshoq pillalarni mexanik usulda yigirish 
yaxshiroq, qolganlari qo„lda yigiriladi (Sonwalker, 1969). 37-rasmda eri ipak qurti 
va pillasi keltirilgan. 
 
 
 
 
 
37-rasmTASAR ipak qurti va pillasi. 


83 
Eri ipak, ENDI nomi bilan ma‟lum bo„lib, Errandi yoki Ahimsa ipak, 
multivoltine ipak hisoblanib, bu navlar bir-biridan pillaning tuzilishi bilan farq 
qiladi (38-rasm). 
 
 
 
38-rasm. Eri ipak qurti va pillalari. 
Eri ipagini 90% Hindistonni shimolida va janubida yiliga 1483 MT (metrik 
tonna) ishlab chiqaradi. Bu qashshoqlik va ishsizlik yuqori bo„lgan, qishloq 
joylarda, ayniqsa ayollarnt foydali ish bilan ta‟minlaydi. 
Muga ipagi. Hindistonda ishlab chiqariladigan oltin sariq rangli ipak bo„lib, 
u davlat faxri hisoblanadi. Bu madaniylashtirilgan multivoltine ipak qurtlaridan 
olinadi (39-rasm). 
Bu ipak qurtlari daraxt barglari bilan oziqlanadi. Muga ipagi Hindistonni 
an‟analari va madaniyatini ajralmas qismi hisoblanadi. Muga ipagi qimmatbaho 
mahsulot hisoblanib, sari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Muga ipak qurti va pillasi
39 - rasmda ko„rsatilgan. 


84 
39-rasm. Muga ipak qurti va pillalari.
Anaphe ipagi. Bu ipak Anaphe: A. moloneyi Drutse, A. Panda Boisduval, va 
A. infracta Walsingham oilasiga mansub bo„lib, janubiy va markaziy Afrikada 
ishlab chiqariladi. Qabila bo„lib yashovchi odamlar pillani va yumshoq momiqni 
o„rmondan terib oladi A. infracta dan olingan ipakni maxalliy aholi “Kitob” va A. 
moloneyi dan olingan ipakni “tissnian-tsamia” va “Koko” deb ataydi. Undan 
olingan mato yumshoq va mustahkam bo„ladi. Anaphe ipagidan barxat va bejirim 
mato ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Fagara ipagi. Fagara ipagi L. Attacus atlas ulkan ipak qurtidanhamda shu 
oilaga mansub turlaridan bo„lib Xitoy va Hindiston – Avstraliya mintaqalarida 
etishtiriladi. Ipak qurti och jigar rangli va pillasining uzunligi 6 sm ga yaqin 
bo„ladi. 
Coan ipagi. Coan ipak qurti Pachypasa Otus D., Italiya, Gretsiya, Ruminiya, 
Turkiya va boshqa mamlakatlarda etishtiriladi. Coan ipak qurti turli daraxt barglari 
bilan ozuqlanadi. Ulardan olingan pillanining uzunligi 8,9 x 7,6 sm. atrofida 
bo„ladi. Qadimda bu ipakdan Rim zodagonlarining kiyimlari uchun ishlatilgan. 
Hozirgi kunda uning yuqori navlari ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. 


85 
Mussel ipagi. Mussel ipagini ta‟rif hozirga noma‟lum bo„lib, Italiyaning 
sayoz qirg„oqlarida yashovchi Pinne squamosa ipak qurtidan olingan. To„q 
jigar rangli pilladan ipak ajratilib, undan “baliq juni” deb atalgan ipak ipi 
yigirilgan. Bu ipak ipi asosan Italiyada ishlab chiqariladi. 

Download 4.49 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi jizzax politexnika instituti a. Usmankulov, A. Salimov, I. Abbazov

Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish