• Mikrosxemalar to‘plami.
  • Mavzu-Modernizatsiya qilish va tarkibiy qismlarni tanlashning mumkin bo‘lgan variantlari. Kompyuterning texnik qismini modernizatsiya qilish




    Download 472,07 Kb.
    bet121/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi472,07 Kb.
    #230223
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   131
    Bog'liq
    Apparat va dasturiy-www.hozir.org

    12.3.Mavzu-Modernizatsiya qilish va tarkibiy qismlarni tanlashning mumkin bo‘lgan variantlari. Kompyuterning texnik qismini modernizatsiya qilish
    Reja:


    • Tizimli plata


    • Kiritish-chiqarish portlari


    • Videoadapter va monitor



    Tizimli plata. Tizimli platani tanlash g‘ilof turi va plataning hajmlarini aniqlab beruvchi standartlar bilan belgilanadi.

    Hozirda tizimli platalarda ishlatilayotgan zamonaviy standartlar quyidagilar:




    .
    • ATX;

    • Micro-ATX;

    • Flex-ATX;


    • NLX;

    • Mini – ITX.

    Tizimli plata ayni vaqtda o‘rnatilgan protsessornigina emas, kelajakda uning o‘rniga almashtiriladigan protsessorlarni ham qo‘llay olishiga ishonch hosil qilish lozim. Masalan, agar Socket A tizimli plata tanlangan bo‘lsa, u shina chastotasi 333 MHz bo‘lgan Athlon protsessorini hamda Athlon 2800+ va Athlon 3000+ protsessorlarini quvvatlashini tekshiring. Socket 478 razyomli tizimli plata, ishchi chastotasi 3,06 GHz yoki undan ortiq bo‘lgan Pentium 4 protsessorlari singari Hyper-tThreading texnologiyasini ham qo‘llay olishi kerak. Ayrim hollarda tizimli BIOS ni yangilashga to‘g‘ri keladi.


    Mikrosxemalar to‘plami. Tizimli platani tanlashda ikkinchi muhim (protsessordan keyin) masala, o‘rnatilgan mikrosxemalar to‘plami (chipset) hisoblanadi. Mikrosxemalar to‘plamiga lokal shina kontrollerlari (odatda PCI), kesh-xotira, asosiy xotira, uzilishlar, xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish va boshqa kontrollerlar kirishi mumkin. Ishlatilayotgan mikrosxemalar to‘plami tizimli plataning unumdorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi va quyidagi parametrlarni belgilaydi:
    • kesh-xotira hajmi va tezligi;


    • asosiy xotira hajmi va tezligi; – protsessor tipi va tezligi va hokazo.


    Bu mikrosxemalar to‘plami AGP (Accelerated Graphics Port – mukammallashtirilgan grafik port) va USB (Universal Serial Bus – universal ketma-ket shina) qurilmalarining ishlash xususiyatini ta’minlaydi.


    Mikrosxemalar to‘plami tanlanayotganida quyidagi tavsiflarga e’tibor berish kerak:
    • shina chastotasi 266 MHz va undan yuqori;


    • DDR SDRAM yoki RDRAM – xotira;


    • ECC (xatoliklarni tuzatish kodi) xotirani qo‘llay olishi;


    • ACPI ta’minotini boshqarishning kengaytirilgan funksiyalari;


    • AGP 4x/8x;


    • Ultra – ATA/100 interfeysi yoki Serial – ATA;


    • USB 2.0 (yuqori tezlikda ishlaydigan USB port) portini qo‘llashi.


    Ko‘rsatilgan funksiyalar ko‘pgina zamonaviy mikrosxemalar to‘plami tomonidan qo‘llaniladi.



    Download 472,07 Kb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   131




    Download 472,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu-Modernizatsiya qilish va tarkibiy qismlarni tanlashning mumkin bo‘lgan variantlari. Kompyuterning texnik qismini modernizatsiya qilish

    Download 472,07 Kb.