|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 124/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgQattiq diskdagi jamlagichlar. Kompyuter uchun qattiq disk ham kerak bo‘ladi. Yaxshi jihozlangan kompyuterlarda qattiq disk hajmi 80 Gbayt va undan ortig‘ini tashqil etishi kerak. SATA (IDE) interfeysi keng tarqalgan sanaladi. Bir yoki ikkita qattiq diskni o‘rnatish lozim bo‘lganda, aynan shu interfeysni tanlash tavsiya etiladi, chunki u nisbatan yuqori unumdorlikni ta’minlab beradi. Ikkitadan ortiq qattiq disklar yoki ko‘p masalali operatsion tizimlar (Windows 95/98/Me/ NT/2000/XP) bilan ishlashda SCSI interfeysidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. SCSI inter feysli qurilmalar bilan kiritish-chiqarish operatsiyalarini bajarish bo‘yicha protsessor ishining bir qismini o‘z ustiga oladi. Bu usul ko‘plab foydalanuvchilarni quvvatlovchi va murakkab faylli so‘rovlarga ishlov beruvchi Windows NT/2000 operatsion tizim larini server sifatida qo‘llashda ayniqsa muhim. SCSI interfeysi ATA ga nisbatan universal hisoblanadi, chunki u skanerlar, magnit tasmali jamlagichlar, optik disk yurituvchilar, qattiq disklar va almashinuvchi tashuvchilardagi jamlagichlar kabi 7 ta dan 15 tagacha turli qurilmalarni ulash imkonini beradi.
Ayrim tizimli platalarda ikkita bir xil IDE qattiq diskni ulab (masalan, 2 ta 80 Gbayt hajmli) bitta 160 Gbayt hajmli diskdek foydalanish imkoniyatini beruvchi RAID bilan moslasha oladigan ATA interfeysi qo‘llaniladi. Ko‘pincha zamonaviy tizimli platalar Serial ATA (SATA) interfeysini qo‘llaydi, va ularning ba’zilari RAID massivlari bilan ham moslashgan. SATA interfeyslari ATA ga nisbatan ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishiga qaramay, amalda SATA jamlagichlarining unumdorligi ATA jamlagichlari bilan bir xil. Shunga qaramay, SATA jamlagichlarini tanlash – optimal qarordir (agar tizimli plata mos bo‘lgan interfeysni qo‘llasa). Bu, ma’lumotlar kabelining o‘lchamini kamaytirish va kelajakda SATA jamlagichlarining unumdorligini oshirish bilan bog‘liq.
Deyarli barcha tizimlarda USB 2.0 portlari mavjud. Bundan tashqari ko‘pgina kompyuterlarda tizimli plata yoki RSI plata ichiga joylashtirilgan IEEE – 1394a (FireWire 400) portlari ham bor. FireWire 400 yoki USB 2.0 interfeysli jamlagichlarning unumdorlik darajasi ATA disk yurituvchilari bilan bir xil. Lekin yuqorida keltirilgan qattiq disklarning ikki tipini qo‘shimcha xotira qurilmalari sifatida yoki asosiy qattiq diskning zaxirali nusxasini yaratish uchun qo‘llash ma’qul. Mashhur kompaniyalar ishlab chiqargan qattiq diskdagi jamlagichlari deyarli bir xil unumdorlikka ega va narxi hamda sifati bo‘yicha unchalik katta farq qilmaydi. Aniq bir ishlab chiqaruvchilarning turli ATA va SCSI qattiq disklarining imkoniyatlari va tavsiflari sezilarli darajada o‘xshash. Bu qattiq disklarning bir tipli ishlab chiqaruvchi tomonidan birdaniga ikki interfeys uchun mo‘ljallanganligi bilan bog‘liq. Masalan, mantiqiy sxemaga qo‘shilgan, qo‘shimcha interfeysli SCSI mikrosxemali ATA qattiq diski ancha yuqori narxdagi SCSI interfeysli qattiq diskka aylanadi.
Zamonaviy tizimlarda SATA ketma-ketli interfeys ishlatiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|