• Yordamchi komponentlar.
  • Passiv issiqlikni qaytaruvchi elementlar (PIqE)
  • Aktiv issiqlikni qaytaruvchi elementlar (AIQE)
  • Tovush platasi va akustik tizimlar




    Download 472,07 Kb.
    bet127/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi472,07 Kb.
    #230223
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
    Bog'liq
    Apparat va dasturiy-www.hozir.org

    Tovush platasi va akustik tizimlar. Har qanday multimediyali kompyuterda tovush platasi va tashqi akustik tizimlar bo‘lishi shart. Windows da tovush platasi uchun API DirectX qo‘llanmasi bo‘lishi zarur. PCI – Express interfeysli tovush platasini tanlash tavsiya etiladi. ShK uchun turli kichik va ko‘zga tashlanmaydiganidan to yuqori sifatli ovoz chiqarib beruvchilariga qadar akustik tizimlar uchraydi. Bir qator tizimlar o‘z ichiga quyi chastotali kuchayt irgich va Dolby 5.1/6.1/7/1 hajmli tovush standartli apparatli qo‘llanmalarni oladi.
    Yordamchi komponentlar. Tizimni to‘liq yig‘ib bo‘lish uchun yordamchi komponentlar, uncha katta bo‘lmagan detallar kerak bo‘ladi. Ular kompyuterning to‘liq jihozlanib bo‘lishiga yordam beradi.
    Issiqlikni qaytaruvchi elementlar (IQE). Zamonaviy protsessorl arning ko‘pchiligi o‘zidan katta issiqlik ajratadi. Bu issiqlik bartaraf etilishi kerak, aks holda kompyuterning bir maromda ishlay olmasligi yoki to‘xtab qolishi yuz berishi mumkin. IKE larning ikki turi mavjud: passiv (PIQE) va aktiv (AIQE).
    Passiv issiqlikni qaytaruvchi elementlar (PIqE) – bu protsessorga ulanuvchi yoki yopishtiriluvchi (o‘rnatiluvchi) metall (odatda, aluminiy) bo‘laklaridir. Ular protsessor elementlaridan chiqa yotgan issiqlikni tarqatishga yordam berib, radiator vazifasini o‘taydi. PIQE sinmaydi. Ba’zan PIQE va protsessor o‘rtasidagi havo almashinishini yaxshilash uchun issiqlik o‘tkazuvchi surma yordamida havo tirqishlarini bartaraf etish kerak. Bu issiqlikni maksimal darajada qaytarish imkonini beradi.
    Aktiv issiqlikni qaytaruvchi elementlar (AIQE) – bu ventilatorlardir. Ular PIQEga nisbatan sifatliroq sovitishni ta’minlaydi, biroq qo‘shimcha elektr energiyasini talab etadi va yuqori ishonch lilikka ega emas. Ventilatorlarda ko‘pincha arzon mexanizmlardan foydalaniladi, shuning uchun ham ular tez buzil adi, bu esa protsessorning tez qizib ketishiga va tizimning ishdan chiqishiga olib keladi.
    Ta’minot blokidagi va protsessordagi ventilatorlar ko‘p hollard a yuqori tezlikdagi tizimlarda yetarli darajadagi sovitishni ta’minlab bera olmaydi. Hech bo‘lmasa bitta qo‘shimcha ventilator bilan jihozlang an tizimli bloklarni olish tavsiya etiladi. Odatda, u blokning old qismiga joylashtirilgan bo‘lib, tashqaridan havoni tortib oladi va uni tizimli plataga yo‘naltiradi. Ayrimlarida diskli jamlagichlar bo‘limining yonida yana bitta ventilator joylashgan bo‘lib, u ham sovitish uchun mo‘ljallangan.
    Kabellar. Barcha elementlarni kompyuterlarga ulash uchun ma’lum miqdorda kabellar kerak bo‘ladi. Bunda, ta’minot kabellari, magnitli diskli jamlagich kabellari, CD va DVD-ROM jamlagichlari kabellari va ko‘pgina boshqa kabellar nazarda tutiladi.

    Download 472,07 Kb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




    Download 472,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tovush platasi va akustik tizimlar

    Download 472,07 Kb.