• Klaviatura va sichqoncha.
  • Legacy USB
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi




    Download 472,07 Kb.
    bet125/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi472,07 Kb.
    #230223
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   131
    Bog'liq
    Apparat va dasturiy-www.hozir.org

    CD/DVD-ROM jamlagich. Deyarli barcha dasturiy ta’minotlar kompakt-disklarda, alohida multimediya dasturlar DVD disklarda tarqalayotganligi sababli, bugungi kunda CD/DVD-ROM kompyuterning ajralmas, tashkil etuvchi qismi bo‘lib qolgan. DVD disk yurituvchilar oddiy kompakt disklardan ham, DVD disklardan ham axborot o‘qiy olishi bilan universal hisoblanadi.
    Zamonaviy tizimlarda ancha vaqtdan beri CD-ROM/ DVD-ROM jamlagichlaridan yuklash imkoniyati mavjud. CD-RW/DVD-ROM kombinatsiyalangan jamlagichlar ham mavjud, ular CD-RW disk yurituvchi hususiyatlaridan tashqari DVD-disklardan axborotlarni 12x tezlikda o‘qish imkoniyatini ta’minlaydi.
    DVD+R/RW disk yurituvchi optik disklarga asoslangan universal jamlagich hisoblanadi. Katta tezlikda o‘qish/yozishni ta’minlab beruvchi DVD+R/RW formati EasyWrite (Mount Rainier deb ham nomlanuvchi) texnologiyani qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
    Agar DVD-R/RW tashuvchilar bilan moslashuvchanlikni ta’minlash zarur bo‘lsa, DVD±R/RW kombinatsiyalangan jamla gichlardan foydalanish kerak. CD-RW disk yurituvchilari CD-RW (ko‘p marttalik yozish) va CD-R (bir marttalik yozish) jamlagichlariga axborot yozish uchun ishlatiladi.
    Klaviatura va sichqoncha. Kompyuter uchun klaviatura va kursorni boshqaruvchi qurilma (sichqoncha) kerak bo‘ladi. Bu qurilmalarning aniq modifikatsiyalarini tanlash faqat foydalanuvchining xohishiga bog‘liq.
    Klaviaturaning zamonaviy interfeysi bo‘lib USB shinasi hisoblanadi. USB klaviaturani ishlatish uchun shu tipdagi boshqa qurilmalar singari BIOS darajasida USB qo‘llanila olishi kerak. Windows ning nografik foydalanuvchi interfeysida USB klaviaturani ishlatish uchun tizimli BIOS Legacy USB yoki USB Keyboard and Mouse texnologiyasini qo‘llay olishi kerak. Bu deyarli barcha zamonaviy BIOS larda qo‘llaniladi. Shu bilan birga an’anaviy portlar bilan ishlaydigan modelni topishga harakat qilish kerak, bu USB klaviaturani yangi tizimlardagi kabi birmuncha oldingi tizimlarda ham ishlatish imkonini beradi. Bu turdagi klaviatura, odatda, USB porti va mini-DIN 6 kontaktli adapterlari bilan birgalikda yetkazib beriladi.
    Simsiz kiritish qurilmalari uchun radiochastotali interfeysli klaviatura ishlatiladi. Sichqoncha va klaviatura bitta umumiy qabul qiluvchi/uzatuvchidan foydalangani maqsadga muvofiq bo‘ladi. Radio chastotali xabar berishda, odatda, kichik radiusda ishlovchi hususiy radiochastotalar yoki Bluetooth sanoat standarti tipidagi simsiz aloqa chastotalari qo‘llaniladi.
    Agar tizimli plata ichiga joylashtirilgan sichqoncha porti o‘rnatilgan bo‘lsa, siz tanlagan razyom shu portga mos tushishiga ishonch hosil qiling. Bunday razyomli sichqonchalar ilk bor IBM kompaniyasining PS/2 tizimlarida qo‘llanilganligi sababli ular odatda PS/2 tipli sichqoncha deb ataladi.
    Ko‘pgina kompyuterlarda sichqonchani ulash uchun ketmaket portdan foydalaniladi, agar sizda tizimli plataga o‘rnatilgan sichqoncha portidan foydalanish imkoniyati bo‘lsa, shu portdan foydalaning. Ayrim USB sichqonchalar hech qanday muammosiz PS/2 portlari bilan ishlayveradi, biroq bu tipdagi qurilmalar asosan faqatgina USB port uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Biz uchun eng qulay variant har qanday tizimda ishlaydigan ikki ish tartibidagi sichqonchadan foydalanishdir. Simsiz ishlaydigan sichqonchalar ham mavjudligini yodda tuting.
    Universal ketma-ket shina (USB) asta sekin boshqa standart kiritish/chiqarish portlaridan foydalanishni siqib chiqarmoqda. USB interfeysi Plug and Play texnologiyasini qo‘llay oladi va bitta portga 127 tagacha tashqi qurilmalarni ulash imkoniyatini beradi hamda bunda USB 2.0 shinasining ma’lumot uzatish tezligi 60 Mbayt/s ni tashk il etadi. Odatda, tizimli plata ichiga joylashtirilgan USB-portga USB konsentrator ulanadi, qolgan barcha qurilmalar bevosita unga ula nadi. Hozirgi paytda USB portlar deyarli barcha tizimli platalarda mavjud.
    USB ga ulanuvchi qurilmalar turi va soni juda ko‘p. Bular ga modemlar, klaviaturalar, sichqonchalar, CD-ROM disk yurituv chilar, akustik tizimlar, djoystiklar, magnit tasmali va yumshoq diskdagi jamlagichlar, skanerlar, videokameralar, MP3-pleyerlari va ko‘pgina boshqa qurilmalar kiradi.

    Download 472,07 Kb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   131




    Download 472,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi

    Download 472,07 Kb.