|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 126/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgVideoadapter va monitor. Kompyuterni yig‘ishda videoadapter va monitor albatta kerak bo‘ladi. Alohida e’tiborni monitor tanlashga qaratish kerak. Bu qurilma foydalanuvchining tizim bilan muloqatini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. Kompyuterda ishlash maroqli yoki azob bo‘lishi monitorning sifatiga bog‘liq. Odatda, kichik tasvirlar bilan ishlash uchun kamida 17 dyuymli (ekran) monitordan foydalanish tavsiya etiladi, chunki undan kichik o‘lchamdagi monitorlar tasvirning kichik detallarini sifatli (1024×778 da) aks ettirib bera olmaydi va 800×600 ish tartibiga o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Nuqtalarning joylashish qadami kichik bo‘lgan elektron nurli monitorlarga e’tibor bering (0,28 nuqta 1 dyuymda va undan kichik).
Bu ENT soyali niqobida nuqtalar o‘lchamini va orasidagi masofani belgilab beradi. Nuqtalar orasidagi masofa qancha kichik bo‘lsa, ekranning ruxsat berish xususiyati va tasvir sifati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Agar ishchi stoldagi monitorga ajratilgan joy cheklangan bo‘lsa, yassi panelli suyuq kristalli (LCD) monitorlarga e’tibor bering. Ko‘rinish sohasi bo‘yicha 15 dyuymli suyuq kristalli displey ekrani 17 dyuymli ENT monitoriga ekvivalentdir. Ko‘p hollarda monitorlar oddiy VGA analogli portga ulanadi, biroq zamonaviy modellar yangi videoadapterlar ichiga joylashtirilgan DVI razyomlari bilangina ishlaydi. Agar siz doim monitorning belgilangan ruxsat berish xususiyatidan (bu odatda 1024×768) foydalansangiz, u holda suyuq kristalli (LCD) monitordan foydalanishingiz qulay va mavqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda ekran ruxsat berish xususiyatini doimo o‘zgartirib turishga to‘g‘ri kelsa (masalan, kompyuter o‘yinlari yoki Web-sahifalarini ko‘rish uchun), u holda ENT monitorlardan foydalanganingiz ma’qul bo‘ladi.
Videoadapter va monitor regeneratsiyalash chastotasi bo‘yicha bir-birlariga mos kelishi kerak. Tasvir miltillamasligi uchun kadrlar chastotasi 72 Hz dan kam (qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi) bo‘lmasligi kerak. Agar yangi videoadapter 16 mln. rangni 1024×769 ruxsat berish xususiyatida aks ettirsa va ekranning yangilanish chastotasi 76 Hz bo‘lsa, monitor esa bu ruxsat berish xususiyatida faqatgina 56 Hz ni quvvatlasa, videoadapterning imkoniyatlari to‘liq amalga oshmay qoladi. Monitor qo‘llay olmaydigan signallarni uzatish uchun videoadapterni sozlash uni jismoniy jihatdan nosozlikka olib keladi.
Videoadapterlarni ishlab chiqaruvchilarning barchasi PCI-Express standartiga o‘tgan, ayrimlari bir vaqtning o‘zida ikkita monitordan foydalanish imkoniyatini beruvchi PCI videoadapter larini ham ishlab chiqarishmoqda. Ma’lum ilovalar uchun juda foydali bo‘lgan bu funksiya Windows 2000/XP operatsion tizim ida quvvatlanadi. Hozirgi paytda oddiy videoadapterni ikki kallakli grafik plataga almashtirish optimal qaror hisoblanadi, chunki ko‘pgina turli tavsiflarga ega zamonaviy videoadapterlar ikki va undan ortiq monitorlarni quvvatlaydi. Bu bir tizimga ikki videoadapterni o‘rnatishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan appa ratli, drayverli va BIOS mojarolaridan halos bo‘lish imkonini beradi.
Videoadapterni tanlashda videoadapter mikrosxemalari to‘plamiga va grafik protsessorning tipiga e’tibor bering. Eski deb, belgilab qo‘yilgan grafik mikrosxemalar to‘plamidan cheklaning, chunki ular kerakli tezkorlikni bermaydi va Windows ning oxirgi versiyalaridagi funksiyalarni (amallarni) qo‘llay olmasligi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|