|
Mavzu-BIOS parametr-larini sozlash
|
bet | 129/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.org13.2.Mavzu-BIOS parametr-larini sozlash.
Rreja:
Apparat komponentlarini sozlashning dastlabki bosqichlarida ikkita masala hal qilinadi. Birinchi masala – qurilmalarning o‘zar o aloqasining ishonchliligiga va xatosizligiga erishish va bu ko‘rsatk ichlarni saqlash. Ikkinchi masala – optimal unumdorlikka erishish. Dastlabki sozlashning mohiyati – tizimli plataning interfeyslarini sozlashdan iborat. U BIOS SETUP dasturiy vositalari tomonidan bajariladi.
BIOS SETUP vositalari – bu kompyuterni sozlashning eng zo‘r vositalaridan biri. BIOS tizimi hajmi qat’iy chegaralangan doimiy xotira qurilmasida saqlanadi.
Oldindan tayyorgarlik ko‘rish. BIOS SETUP vositalari yordamida bajariladigan sozlashlar eng quyi pog‘onaga tegishlidir. Shu sababli bunga barcha dasturiy vositalar ta’sirchandir. BIOS SETUPning ba’zi bir ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi kompyuterning ishonchli ishla shini kamaytiradi yoki umuman kompyuterni ishdan chiqaradi. BIOS ning optimal sozlanishini saralash – bu xavfsiz interfaol jarayon emas.
«Bo‘sh» kompyuter uchun BIOS SETUP ni sozlash uncha xavfli emas. Agar ishlab turgan tizimda BIOS SETUP ko‘rsatkichlari o‘zgartirilsa, kompyuterda mavjud bo‘lgan barcha axborot tahdid ostida qolishi mumkin. Ishlab turgan kompyuterni BIOS SETUP vositasi yordamida sozlashdan oldin zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tashqi ma’lumot tashuvchilarga (yoki lokal tarmoqning tarmoq diskiga) zaxirali nusxalashni bajarish kerak.
Alohida sozlashlarni yoki o‘zaro aloqador sozlash guruhini o‘zgartirishlarni mustaqil bosqich sifatida qarash kerak. Har bir bosqichni bu sozlashlar tizimga qanday ta’sir ko‘rsatganini tekshirish bilan tugatish lozim. Ba’zi bir o‘zgartirishlarning oqibatlari darhol ko‘rinmaydi. O‘zgartirishlar haqidagi protokolni bir necha kun saqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar muammolar hosil bo‘lsa, ularni ma’lum joyda to‘xtatish va tuzatish imkoni bo‘ladi.
|
| |