• Turli takomillashtirish ish tartiblarida kompyuterning foydalanish tavsiflari
  • Yangi kompyuter harid qilish Muntazam takomillashtirish Moliyaviy takomillashtirish
  • Barqarorlik talabi.
  • Unumdorlik talabi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi




    Download 472,07 Kb.
    bet118/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi472,07 Kb.
    #230223
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131
    Bog'liq
    Apparat va dasturiy-www.hozir.org

    Byudjetli takomillashtirish agar kompyuter aniq maqsadga mo‘ljallangan va u o‘z vazifasini to‘laqonli bajarayotgan bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan eng samarali yechim hisoblanadi. Bunday takomillashtirishdan maqsad, yangilangan kompyuterning maksimal ishlash muddatini eng minimal iqtisodiy chiqim bilan yetarli darajada unumdorligini ta’minlash.
    10.1-jadvalda kompyuter tizimidan foydalanishning turli xil jihatlarini uni takomillashtirishning tanlangan tamoyiliga bog‘liq bo‘lgan sifatli baholanishi keltirilgan.
    10.1-jadval
    Turli takomillashtirish ish tartiblarida kompyuterning foydalanish tavsiflari





    Yangi kompyuter harid qilish


    Muntazam takomillashtirish


    Moliyaviy takomillashtirish

    Unumdorlik


    + +

    + + +

    +

    Ish barqarorligi

    + + +



    + +

    Komponentlarning
    o‘rtacha ishlash muddati

    + +

    +

    + + +

    Umumiy harajatlar

    + +

    + + +

    +

    Bir marttalik harajatlar

    + + +

    + +

    +



    Barqarorlik talabi. Kompyuter tizimining barqarorligi unga qo‘ yiladigan talablarni belgilovchi asosiy omil hisoblansa, standart konfi guratsiyalar orasidan eng optimalini tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Kompyuterlar ishlab chiqarilayotganida yuqori haroratli muhitda, katta yuklanish ostida va uzoq vaqt uzluksiz ishlatish davrida sinchiklab testdan o‘tkaziladi. Ko‘pincha, to‘liq moslashuv va yuqori unumdorlikni ta’minlovchi komponentlar yakka tartibda tanlanadi.
    Agar kompyuter xaridor tomonidan taklif qilingan ro‘yxat bo‘yicha yig‘ilayotgan bo‘lsa, uning testdan o‘tkazilishi shartli ko‘rinishga ega bo‘ladi, ya’ni faqat uning ishlash xususiyatlari tekshiriladi. Bunday holatda, ya’ni komponentlarning bir-birlariga unchalik mos bo‘lmagan holda o‘rnatilishi oqibatida tizim unumdorligi ko‘pincha qoniqarsiz bo‘ladi.
    Savdo shahobchasidan harid qilingan kompyuter apparat darajasida mustaqil xizmat ko‘rsatishni talab etmaydi. Bunday kompyuterni mustaqil tarzda yangilashga urinish kutilmagan va noxush natijalarni berishi mumkin. Masalan, ayrim firmalar g‘iloflarning noyob standartlarini ishlatadilar, shuning uchun kengaytirish platalarining format lari ularga mos kelmasligi mumkin. Kompyuterning apparat qism larini yakka tartibda (moslab) tanlamay almashtirish, kutilgan unumdor likning oshish ko‘rsatgichlarini bermasligi mumkin.
    Unumdorlik talabi. Kompyuter tizimining unumdorligini belgilovchi asosiy (kalit) elementlar – bu, ona plata, protsessor, tezkor xotira va videokartadir. Ona plata, unga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan protsessor, xotira moduli turlari va videoadapter standartlarini aniqlab beradi.
    Ona platani to‘g‘ri tanlash ushbu kompyuterning bashorat qilingan vaqt davomida kelajakdagi rivojlanish imkoniyatlarini belgilaydi. Protsessorlarning doimiy takomillashtirilib borilishi, ularni o‘rnatish usullariga bo‘lgan standartning muntazam ravishda o‘zgarishi bilan kuzatiladi.



    Download 472,07 Kb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131




    Download 472,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi

    Download 472,07 Kb.