O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika




Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/177
Sana20.05.2024
Hajmi6,14 Mb.
#245516
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   177
Bog'liq
Nazariy Mexanika darslik

IV-BOB. 
DINAMIKA. 
BOBNING MAQSADI: 
• Dinamika haqida tushuncha berish. 
• Dinamikaning asosiy masalalari va vazifalarini aniqlash. 
• Moddiy nuqta harakat differensial tehglamalarini tuzish. 
• Moddiy nuqtaning turli harakatlari dinamikasini oʻrganish. 
• Dinamikaning umumiy teoremalari bilan tanishtirish. 
• Qattiq jismlar yoki mexanik sistema dinamikasini oʻrganish. 
 
4.1. Moddiy nuqta harakatining dinamikasi. 
Dinamika soʻzi ingliz tilidan olingan boʻlib, “oʻzgaruvchan”, “harakat”, 
“aktiv”, “energiya” va boshqa juda koʻp ma’nolarni bildiradi. Bu soʻz barcha 
fanlarda ishlatilib, oʻzgaruvchi jarayonlarning xususiyatlarini aniqlaydi.
Mexanika fanida 
dinamika 
– kuch ta’siridagi jismlarning harakatini toʻliq 
oʻrganadigan qismiga aytiladi. 
Chet el adabiyotida mexanikaning juda koʼp qismi, 
hatto butun “Nazariy mexanika” fani ham ba’zida “Dinamika” deb nomlanadi, 
sababi statika va kinematika qismlari dinamikaning xususiy xoli hisoblanadi. 
Nazariy mexanikaning dinamika qismi ham shartli ravishda ikkiga boʻlinadi: 
1.
Moddiy nuqta dinamikasi. 
2.
Qattiq jismlar (mexanik sistema) dinamikasi. 
Dinamikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
a.
moddiy nuqtaga (jismga) ta’sir etuvchi kuchlarni aniqlash
b.
harakat differensiyal tenglamalarini tuzish; 
d. harakat qonunini differensiyallash (hosila olish) yoki harakat 
differensial tenglamalarini integrallash yordamida dinamik 
kattaliklarni aniqlash. 
Moddiy nuqta yoki qattiq jism harakati differensial tenglamalarini 
tuzishning ikki usuli mavjud: 


192 
1.
Nyutonning 2-qonuni ifodasi-dinamikaning asosiy formulasi 
yordamida dekart koordinatalari koʻrinishida. 
2.
Analitik mexanika boʻlimidagi Lagranj tenglamalari, kinetik 
energiya va umulashgan koordinatalar, koʻrinishida. 

Download 6,14 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   177




Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika

Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish