189
Shaffof maydonlarni saqlash opsiyasi qatlamni tahrirlashda shaffof
joylarni o‘zgarmas holda saqlash imkonini beradi. “Qalam” (Pen),
“Brush”, “Airbrush”, “Stamp”, “To‘ldirish” ( Fill), “Gradient” (“Каран-
даш”, “Кисть”, “Аэрограф”, “Штамп”, “Заливка”, “Градиент”)
asboblari faqat qatlamning shaffof bo‘lmagan joylariga ta’sir qiladi.
Boshqa qatlam bilan guruhlash opsiyasi bir qatlam ustidagi bir
yoki bir nechta qatlamlar uchun niqob vazifasini bajaruvchi guruhlarni
yaratishga imkon beradi. Bu guruhda pastki qavat (asosiy) piksellarning
shaffofigi va aralashtirish rejimini aniqlaydi.
Guruh faqat ketma-ket
qatlamlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Guruh ro‘yxatda qalin chiziqlar
bilan ajratilib, guruhdagi qatlamlar nuqtali chiziqlar bilan ajratiladi.
Guruhning asosiy qatlamining nomi chizilgan bo‘ladi.
Guruhni qo‘lda yaratishi ham mumkin. Buning uchun [Alt]
tugmachasini bosib, kursorni qatlamlar ro‘yxatidagi ajratuvchi chiziqqa
olib boriladi, kursor shaklini o‘zgartirgan
joyni topib, chiziq ustiga
bosish kerak. Birinchi marta bosish avvalgisi bilan guruhdagi qatlamni
o‘z ichiga oladi, ikkinchisi uni guruhdan chiqarib tashlaydi.