182
8-
BOB. RASTR GRAFIKASI
Mavzu rejasi:
Rastrli tasvirlar va uni qurish turlari.
Rastrli grafikaning vazifalari, turlari, imkoniyatlari.
8.1. Rastr tasvirlarni tuzishning
asosiy tushunchalari va prinsiplari
Agar rastr tasvirlari bilan bog‘liq tushunchalariga ega bo‘linsa,
“rastr grafikasi” atamasini ham tushunish oson bo‘ladi.
Rastrli tasvirlar (6.2-rasmga qarang) katakli qog‘oz varog‘iga
o‘xshaydi, uning xonacha(piksel)lari qora yoki oq rangga bo‘yab,
umumiy rasm hosil qilinadi.
Piksel
rastrlarning asosiy elementidir. Bular rastrni tashkil etuvchi
elementlardir. Kompyuter tasvirlarining raqamli dunyosida “piksel”
atamasi turli xil tushunchalarni anglatadi. Bu kompyuter ekranidagi
bitta nuqta, lazer printerda chop etilgan bitta nuqta yoki rastr tasvirining
bitta elementi bo‘lishi mumkin. Bu tushunchalar bir xil emas, shuning
uchun chalkashmaslik uchun ularni quyidagicha atash kerak: kompyuter
ekranining tasviriga murojaat qilganda video piksel; bosma nuqta deb
lazer printeri tomonidan yaratilgan bitta nuqtaga aytiladi.
Tasvirning to‘rtburchaklik koeffitsienti mavjud bo‘lib, u rasm
matritsasining gorizontal va vertikal piksellar sonini tasvirlash uchun
maxsus kiritilgan. Katakli varog‘i bilan o‘xshashlikka qaytsak, har
qanday rastrli tasvir gorizontal katak va vertikal qatorlarning ma’lum
miqdordagi piksellarga ega ekanligini ko‘rish mumkin.
Ekranlar uchun piksellarda quyidagi standart to‘rtburchaklik
koeffitsiyentlari mavjud: 320x200, 320x240, 600x400, 640x480,
800x600 va boshqalar. Bu koeffitsiyent ko‘pincha tasvir o‘lchami yoki
rezolutsiyasi ham deb ataladi. Ushbu ikki raqamning ko‘paytmasi
tasvirdagi piksellarning umumiy sonini beradi. “Pikselning
to‘rtburchaklik omili” kabi tushuncha ham mavjud.
Tasvirning
to‘rtburchaklik nisbatidan farqli o‘laroq, u video piksel (nuqtasi)ning
geometrik o‘lchamlarini bildiradi va haqiqiy kenglikning haqiqiy
balandlikka nisbati bilan hisoblanadi. Ushbu omil displeyning
183
o‘lchamiga va joriy ruxsatliligi(rezolutsiya)ga bog‘liq
va shuning
uchun u turli xil kompyuter tizimlarida turli qiymatlarni oladi.
Rastrdagi har qanday pikselning rangi bitlar kombinatsiyasi
yordamida kompyuterda saqlanadi. Buning uchun qancha ko‘p bit
ishlatilsa, shunchalik ko‘p rang tonlarini olish mumkin. Har qanday
piksel uchun kompyuter tomonidan ishlatiladigan bitlar soni pikselning
bit chuqurligi deb ataladi. Eng oddiy monoxrom
tasvir faqat ikkita
mumkin bo‘lgan rangga ega bo‘lgan piksellardan iborat: qora va oq.
Shuning uchun bunday turdagi piksellardan tashkil topgan tasvirlar bir
bitli tasvirlar deb ataladi. Mavjud ranglar yoki kulrang shkalalar soni
piksel bit sonining 2 darajasiga teng. Shu uchun 24-bitli ranglar 2
24
=16
milliondan ortiq ranglarni taqdim etadi; ular ko‘pincha tabiiy (haqoniy)
ranglar (true collor) deb ataladi.
Rastrlar kompyuter tomonidan tartibga solinishi va yozib olinishi
kerak bo‘lgan ko‘plab xususiyatlarga ega. Tasvirning o‘lchami va undagi
piksellarning joylashuvi tasvir fayli rasm yaratish uchun saqlashi kerak
bo‘lgan ikkita asosiy xususiyatdir. Agar biron-bir pikselning rangi va
boshqa xarakteristikalari haqidagi ma’lumotlar buzilgan bo‘lsa ham,
kompyuter uning barcha piksellari qanday joylashganligini “bilsa”
rasmning versiyasini qayta yaratishi mumkin.
Pikselning o‘zi hech qanday o‘lchamga ega emas, bu shunchaki
rangli ma’lumotlarni saqlaydigan kompyuter xotirasi maydoni, shuning
uchun tasvirning to‘rtburchaklik nisbati
hech qanday haqiqiy metrik
o‘lchamga mos kelmaydi. Muayyan rezolutsiyada tasvirning faqat
to‘rtburchaklik koeffitsiyentini bilib, rasmning haqiqiy o‘lchamlarini
aniqlash mumkin. Tasvirning o‘lchamlari
alohida saqlanganligi
sababli, piksellar oddiy ma’lumotlar bloki kabi birin-ketin saqlanadi.
Kompyuter alohida pozitsiyalarni saqlashi shart emas, u shunchaki
tasvirning to‘rtburchaklik koeffitsienti tomonidan berilgan o‘lchamlarga
muvofiq to‘r (setka) yaratadi va keyin uni pikselma piksel to‘ldiradi.
Bu berilgan tasvirni saqlashning eng oson usuli, lekin kompyuter vaqti
va xotirasidan foydalanish nuqtai nazaridan eng samarali emas.
Eng samarali usul – har qanday satrda faqat qora va oq piksellar
sonini saqlash. Bu usul tasvirlardan foydalanadigan ma’lumotlarni
siqadi. Bunday holda ular kamroq kompyuter xotirasini egallaydi.