179
ta’sir qilmasdan bir-birining ustiga chiqishi mumkin. Rastr obyektlarini
o‘z ichiga olmagan vektor tasviri kompyuter xotirasini kichik hajmda
egallaydi. Hatto 1000 ta obyektning juda batafsil vektor chizmalari ham
kamdan-kam hollarda bir necha yuz kilobaytdan ko‘proq joyni oladi.
Vektor grafikasining kamchiliklari.
Tabiatan tasvirlarda to‘g‘ri
chiziqlar kam uchraydii. Afsuski, ular vektor san’atining asosiy
tarkibiy qismi hisoblanadi. Yaqin vaqtlargacha bu vektor grafikasi
hech qachon tabiiy ko‘rinishga “harakat qilmaydigan” tasvirlar uchun
ishlatilganligini anglatardi (masalan, maxsus CAD (Computer Aided
Design – AvtoCAD va boshqalar) dasturlari yordamida yaratilgan
2D chizmalar va doiraviy diagrammalar, 2D va 3D texnik rasmlar,
stilashtirilgan chizmalar va to‘g‘ri chiziqlardan iborat piktogrammalar
hamda bitta rang bilan to‘ldirilgan maydonlar).
Vektor grafikalari kompyuterdan chiqish qurilmasiga (printerga)
yuboriladigan turli buyruqlardan iborat bo‘ladi. Printerlarda bu
buyruqlarni izohlaydigan va ularni qog‘oz varog‘idagi nuqtalarga
aylantirishga harakat qiluvchi o‘z mikroprotsessorlari mavjud.
Ba’zida ikkita protsessor o‘rtasidagi aloqa muammolari tufayli printer
chizmalarning alohida qismlarini chop eta olmaydi. Muammo, printerlar
turlariga qarab yuzaga keladi va bo‘sh qog‘oz varog‘i, qisman bosilgan
chizma yoki xato tasvirni chiqarishi ham mumkin.