• IMG formati.
  • Boshqa grafik formatlarning umumiy tahlili




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    6.4.4. Boshqa grafik formatlarning umumiy tahlili
    Fayl kengaytmasi *.IFF(Interchange File Format) yoki *.LBM 
    (Deluxe Paint Bitmap Image) formatlarining tahlili. IFF format 
    turi – har xil ma’lumotlar(tovush, rasm, matn va boshqa) media 
    faylariga konteyner vazifasini bajaradi, LBM esa rastrli rasm, tasvirlar 
    formatidir. Ushbu fayllarni ochish yoki import qilish dasturlari shaxsiy 
    kompyuterlar uchun bitmap konvertatsiya qilish dasturlari hisoblanadi. 
    Rang variantlari: monoxrom(qora va oq), kulrang, 256 rangli yoki
    24 bitli RGB ranglar bo‘lishi mumkin.
    IFF fayllari dastlab bitmaplar, matn va audio ma’lumotlar 
    kabi keng ma’lumotlarini saqlash uchun kengaytiriladigan fayl 
    formati sifatida ishlab chiqilgan. IFF formati ma’lumotlarni 
    identifikatorlangan bloklarida saqlaydi va bu dentifikatorlar blokning 
    uzunligini ma’lumotlarning o‘zini ko‘rsatadi. Format har xil turdagi 
    ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, shuning uchun faylni o‘qiydigan dastur 
    o‘zi tushunmaydigan bloklarni o‘tkazib yuborishi mumkin. IFF va 
    LBM fayllari 4 baytli blok turi kodini o‘z ichiga olgan sarlavhalar bilan 
    boshlanadigan ketma-ket bloklardan foydalanadi.
    Rastrli tasvirlar uchun uch turdagi bloklar mavjud:
    1) BMHB bloki – rasm sarlavhasi. Bu blok rastr tasvir haqidagi 
    barcha muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: tasvir hajmi, rang 
    chuqurligi, siqish usuli va piksellarning to‘rtburchaklik nisbatini;
    2) CMAP bloki rastrli tasvirining rangli xaritasi;
    3) BODY bloki – rastrli ma’lumotlar. Ular siqilgan yoki siqilmagan 
    bo‘lishi mumkin.
    IMG formati. 
    Fayl kengaytmasi *.IMG, format turi rastrli 
    hisoblanadi. Rang saqlash variantlari – 2, 16, 256 yoki 16 million 
    rangni o‘z ichiga oladi. Siqish uchun oddiy ROE usuli qo‘llanadi. IMG 
    faylining tuzilishi juda sodda hisoblanadi. Fayl sarlavhasidan keyin 
    to‘g‘ridan to‘gri rastr ma’lumotlari keladi. Sarlavhada rastrli tasvir 
    haqidagi barcha ma’lumotlar (tasvir rangi, chuqurligi, piksellardagi 


    174
    kengligi va balandligi, piksellardagi asl kengligi va balandligi) mavjud. 
    Oxirgi ma’lumot to‘rtburchaklik koeffitsienti boshqacha bo‘lgan 
    kompyuter monitorlarida bitmap (tasvir)larni ko‘rsatishi foydali 
    hisoblanadi.
    Saqlanganda rastr ma’lumotlari oddiy paketli kodlash sxemasi 
    yordamida siqiladi. Ranglar palitrasi ushbu formatdagi fayllarda 
    ishlatilmaydi, chunki rang ma’lumotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri rastr 
    ma’lumotlarining har bir pikselida saqlanadi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqa grafik formatlarning umumiy tahlili

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish