To‘la (8 xonali) bitli baytlarni yaratish. GIF uchun ishlatiladigan
LZW siqish har biri 3 dan 12 gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan uzunlikdagi
kodlar seriyasini yaratganligi sababli, bu kodlar oqimini 8 bitli (1 baytli)
172
ketma-ketlik aylantirish kerak. Aynan mana shu tasvir uchun siqishni
ta’minlaydi. Kodlar o‘ngdan chapga harakatlanuvchi bit oqimini
shakllantiriladi va keyin chiqish fayli hosil qilish uchun 8 bitdan ketma-
ket tanlab olinadi. Kodlarni 5 bitli o‘chamidagi kodlangan oqimini
8 xonali (1 baytli) sonlar massiviga aylantirishga pastdagi 6.5 jadvalda
misol keltirilgan.
6.5-jadval Kodlangan 5 xonali oqimni baytlarga joylashtirishning ko‘rinishi bayt n
bayt 5
bayt 4
bayt 3
bayt 2
bayt 1
va hokazo hhhhhggg ggffffle eeeedddd dcccccbb bbbaaaaa
Siqish kodidagi bitlar soni fizik mexanizmi o‘zgaradi, lekin
kontseptual jihatdan u bir xil bo‘lib qoladi.
Baytni qadoqlash . Baytlar yaratilgandan so‘ng, ularni faylda
saqlash uchun bloklab guruhlanadi, faqat har bir blokdan oldin qiymati
0 dan 255 gacha bo‘lgan hisoblagich bayt keladi. Nol hisoblagich
bayt qiymati bo‘lgan blok ushbu tasvir uchun ma’lumotlar oqimini
tugaganini bildiradi. Bu bloklar aslida GIF formatida chiqariladigan
ma’lumotlardir. Ushbu blok formati dekoderga kerak bo‘lganda
ma’lumotlarni o‘qish, avvaldan ma’lum hisoblangan baytini o‘qishi
va keyin tasvir ma’lumotlariga o‘tkazib yuborish orqali qo‘shimcha
samaradorlikni ta’minlaydi.
Bir nechta tasvirni qayta ko‘rsatish. GIF ma’lumotlar oqimi bir
nechta tasvirni o‘z ichiga olishi mumkinligi sababli, bunday fayllarni
qayta ko‘rsatishni tavsifash kerak. Tasvir identifikatori tasvirni
mantiqiy ekran ichida joylashtirishga imkon berganligi sababli,
tasvirlar ketma-ketligini belgilash mumkin, ularning har biri ekranning
bir qismini egallaydi, ammo ularning to‘plami butun ekranni to‘ldirishi
ham mumkin. Bunday holatlarda tasvirni qayta ko‘rsatishda xatti-
harakatlarning yo‘nalishlari quyidagicha:
1) tasvirlar orasida pauza bo‘lmasligi kerak. Har bir tasvir dekoder
tomonidan tanib olinishi bilanoq qayta ishlanishi kerak;
173
2) har bir tasvir o‘z oynasi ichida boshqa istalgan tasvir ustiga
ko‘rsatiladi. Ekran faqat GIFga ishlov berishning boshida va oxirida
tozalanadi.