177
Vektor chizmalarini yaratish uchun ko‘plab rasmlar paketlaridan birini
ishlatish kerak.
Vektorli grafikaning afzalligi shundaki, tavsifi oddiy va kompyuter
xotirasida kam joy egallaydi. Biroq, kamchiligi ham shundaki, batafsil
vektor obyekti juda murakkab bo‘lishi mumkin, u foydalanuvchi
kutganidek chop etilmasligi yoki printer vektor buyruqlarini noto‘g‘ri
talqin qilgan yoki tushunmasa, umuman chop etilmasligi ham mumkin.
Vektorli grafik dasturlari obyekt turlaridan biri sifatida rastrlarni
yaratish imkoniyatiga ega. Chunki rastr faqat kompyuter uchun
ko‘rsatmalar to‘plamidir va ko‘rsatmalar juda oddiy bo‘lgani uchun
vektor grafiklari boshqa obyektlar bilan teng ravishda rastrlarni idrok
eta oladi. Rastrlarni vektor ko‘rinishidagi obyekt sifatida joylashtirish
mumkin bo‘lsada, undagi alohida piksellarni tahrirlay yoki qayta
shakllantirib bo‘lmaydi.