180
yaratish va rassomlarning turli uslublarini taqlid qilish imkonini beradi.
Bu dasturda erkin tuziladigan palitralardan foydalaniladi.
7.1-rasm. Adobe Illustrator asosiy oynasi.
Dasturning menyusi PhotoShop menyusiga o‘xshaydi. Palitrada ikki yoki
undan ortiq gradientli rangni chiziqli yoki radial o‘tishlarda yaratish mumkin.
Quyidagi standart shakllar mavjud: yulduz, spiral, ko‘pburchak. Bundan
tashqari, asbob(instrument)lar palitrasi boshqa firmalar tomonidan yaratilgan
asboblar bilan kengaytirilishi ham mumkin. Turli formatdagi fayllarni (BMP,
TIF va boshqalar) import va eksport qilish mumkin. Bundan tashqari, ASCII,
RTF, Microsoft Word kabi formatlarni o‘z ichiga
olgan matnli fayllarni
import va eksport qilish ham mumkin. SDK filtrlar va qo‘shimcha vositalarni
ishlab chiqish imkonini beradi.
Grafika va matnni aniq joylashtirish uchun yordamchi to‘r (setka)
lar mavjud bo‘lib, qatlamni,
burchakni, to‘r rangini, to‘r uslubini
o‘zgartirish ham mumkin. Chop etishni
qayta ishlash uchun kuchli
vositalar (o‘rnatilgan bo‘linma): obyektlarni ushlab turish,
yarim
ohangli ekran chizig‘ini tanlash, istalgan rangni CMYK ga aylantirish,
ranglarni to‘g‘ri aralashtirish uchun konturni qayta ishlash mumkin.
Kontur bo‘ylab vertikal matn yaratish mumkin,
bu raqamda alohida
181
belgilarning masshtabini va yo‘nalishini, matnning joylashishini
o‘zgartirish mumkin. Ranglarni tahrirlash imkoniyati ham mavjud.
Qayta tiklashning 200
tagacha darajasi mavjud, ularning soni faqat
xotira hajmi bilan cheklangan.