• Lokal (mahalliy) ranglar jadvali.
  • Rastr ma’lumotlari.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    Tasvir deskriptori. 
    Rasm deskriptori (6.3-jadval) keyingi tasvirning 
    belgilangan bo‘shliq ekran deskriptorida ichidagi haqiqiy joylashuvi va 
    hajmini belgilaydi. Belgilar ranglarni qidirish va piksellarning yoyish 
    ketma-ketligini aniqlash uchun lokal jadval mavjudligini ko‘rsatish 
    uchun ham belgilanadi. Har bir tasvir deskriptori tasvirni ajratuvchi 
    belgi bilan boshlanadi.
    Tasvir ajratuvchining roli tasvir deskriptoriga kirishda sinxron-
    lashdan iborat. Agar GIFda bir nechta rasm bo‘lsa, bu maqsadga muvofiq 
    bo‘ladi. Bu belgi o‘n oltilik sanoq tizimida 0x2C soni yoki ASCII kodida 
    “,” (vergul) sifatida belgilanadi. Bu belgi tasvirlar orasida paydo bo‘lishi 
    bilanoq, darhol avval keyingi tasvirning deskriptori keladi. Oldingi 
    rasmning oxiri va tasvirni ajratuvchi belgi o‘rtasida uchraydigan har 
    qanday belgi e’tiborga olinmaydi. Bu keyingi GIF modifikatsiyalariga bir 
    nechta formatlar mavjud bo‘lishiga va eski dekoderlar tomonidan to‘g‘ri 
    ishlab uni e’tiborga olinmasligiga imkon beradi.
    Ekranning deskriptorida aniqlangan ekran uchun belgilangan 
    joylashuv va o‘lchamining tavsifi matritsa doirasida bo‘lishi kerak. 
    Boshqa tomondan, tasvir butun ekranni to‘liq to‘ldirishi shart emas.
    Lokal (mahalliy) ranglar jadvali. 
    Lokal ranglar jadvali ixtiyoriy 
    hisoblanadi. Agar tasvir deskriptori 10 baytning “M” biti (6.3-jadval) 
    o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda lokal ranglar jadvali mavjud bo‘ladi, bu faqat 
    keyingi tasvirga tegishlidir. Rasmga ishlov berilgandan so‘ng, ranglar 
    jadvali ekran deskriptoridan keyin belgilangan jadvalga mos kelishi 
    kerak. Tasvirga ishlov berish tugagandan so‘ng, piksel boshiga bitlar 
    soni ham ekran deskriptorida belgilangan qiymatga qaytarilishi kerak.
    Rastr ma’lumotlari. 
    Tasvirning o‘zi ketma-ket raqamlangan 
    piksellar qatorining qiymati sifatida aniqlanadi. Piksellar tasvirning 
    qatorlari bo‘ylab chapdan o‘ngga ketma-ket tartibda joylashtiriladi. 
    Odatda, qatorlar esa yuqoridan pastgacha ketma-ket joylashtirilib 
    chiqiladi. Agar tasvir deskriptorining 10-baytida “I” biti (6.3-jadval)
    o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda tasvirni yozishda qatorlar tartibi to‘rt o‘tishli 
    jarayonga mos keladi. Birinchi o‘tishda tasvirning yuqori qatoridan 
    boshlab har sakkizinchi qator yoziladi. Ikkinchi o‘tishda yuqoridan 
    beshinchi qatordan boshlab har sakkizinchi qator yoziladi. Uchinchi 
    o‘tish tasvirning uchinchi qatoridan boshlab har to‘rtinchi qatorni 


    168
    yoziladi. To‘rtinchi o‘tish yuqoridan ikkinchi qatordan boshlab, har bir 
    ikkinchi qatorni yozib, tasvirni yaratish yakunlanadi.
    Rasmning piksel qiymatlari esa mavjud palitra ranglar jadvaliga 
    ishora qiluvchi rang indekslari sifatida ko‘rib chiqiladi. Natijada, aslida 
    ekranda ko‘rsatiladigan jadvaldan rang qiymati. Tasvirning kengligi 
    va tasvir balandligiga teng bo‘lgan ushbu rangli indekslar seriyasi GIF 
    tasvir ma’lumotlar oqimi orqali, har bir piksel uchun bitta qiymatdan 
    o‘tkaziladi va siqish algoritmining LZW versiyasiga muvofiq siqiladi 
    va qadoqlanadi.
    6.3-jadval

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish