200
Dinamik diapazon dastlabki yorug‘lik
intensivligining u orqali
o‘tadigan yorug‘likka nisbatining o‘nlik logarifmi shaklida hisoblanadi.
Ushbu parametrning qiymati qanchalik baland bo‘lsa, skaner silliq
ranglarni va kul ranglarni o‘tishini (farqini) shunchalik yaxshi takrorlay
oladi. Optik zichlikning qiymati 4,0D bo‘lib, asl nusxa butunlay shaffof
emasligini yoki yorug‘likni to‘liq yutishini, ya’ni qora rangli ekanligini
anglatadi. Nazariy mumkin bo‘lgan eng past dinamik diapazon esa
0,0D bo‘lib, asl nusxa butunlay shaffof yoki mukammal oq ekanligini
anglatadi.
Qimmat bo‘lmagan planshet skanerlar ishlab chiqaruvchilari odatda
o‘zlarining dinamik diapazonining
haqiqiy qiymatini yashirishadi,
lekin odatda bu har qanday shaffof bo‘lmagan materiallarni skanerlash
uchun yetarli hisoblanadi. Shunday qilib, chop etilgan gazeta 0,9D
dan oshmaydigan dinamik diapazonga ega deb hisoblanadi; qoplangan
qog‘ozga bosib chiqarish – (1,5 – 1,9) D; fotosuratlar (foto chop etish)
– (2,2 – 2,4) D; negativ plenkalar – (3,4 – 3,6) D; havaskor slaydlar –
(2,7 – 3,0) D; yuqori sifatli professional negativlar va slaydlar (maxsus
kino, nozik ishlov berilgan, yaxshi optikali) – (3,4 – 4,0)
D teng
bo‘ladi. Bunday holda, arzon planshetlar (1,8 – 2,2) D, “30-bitliklar”
– (2,0 – 2,8) D va “36-xonalik (bitlkik)lar” – (2,2 – 3,4) D diapazonni
“tushunishinadi”. Shunday qilib, fotografik nashrlarni skanerlash uchun
agar ehtiyoj(dinamik diapazon bo‘yicha)ni o‘rtacha narx oralig‘idagi
oddiy planshet bilan qoplanishi mumkin.
Lekin bu negativ va slaydlar skanerlashga taalluqli emas. Yuqori
sifatli skanerlash uchun o‘rnatilgan yoki qo‘shimcha slayd-moslagichlari
bo‘lgan planshet skanerlar mos kelmaydi. Bunday skanerlar, qoida
tariqasida, slaydlar va negativlardagi barcha tasvirlarni “tortib olish”
uchun yetarli dinamik diapazonga ega emasligiga qo‘shimcha ravishda
materiallarning yetarlicha bir tekis yoritilishini ta’minlay olmasligi bilan
birga, slaydlar va negativlar ideal mahkamlash mexanizmiga ham ega
emas. Negativ yoki slayd to‘g‘ridan to‘g‘ri shisha ustiga qo‘yilganda,
Nyuton interferentsiya halqalarining hosil bo‘lish ehtimoli katta. Agar
slaydlar oynaga kadrlarda yoki maxsus ushlagichlarda o‘rnatilgan
bo‘lsa, unda ularning qat’iy tekisligini ta’minlash va diqqat markazida
bo‘lish deyarli mumkin emas. Bu, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri USB-dan
201
quvvat olish imkoniyatiga ega bo‘lgan CIS(Contact Image Sensor –
kontakt tasvir sensori)dagi arzon skanerlar uchun to‘g‘ri kelib, ular ham
alohida manbaga ega bo‘lmagan holda, piksellar soni ham pastroq va
tasvir aniqligi deyarli nolga teng bo‘lib qoladi.
Ixtisoslashtirilgan slayd-skanerlar planshet
qurilmalariga nisbatan
qimmat. Birinchidan, ular maxsus CCD sensorlari yordamida ishlab
chiqilgan bo‘lib, taxminan 1 sm. Ikkinchidan, ularda odatda slaydlarni
ushlab turish tizimi yaxshi o‘ylangan (lekin
deyarli hech qachon
mukammal emas) bo‘ladi.
Slayd skanerlarining kamchiliklari orasida shuni ta’kidlash kerakki,
ko‘pgina arzon modellar faqat 35 mm plyonka uchun mo‘ljallangan,
shuning uchun keng formatli slaydni yoki negativni yoki keng
formatli plastinkani skanerlash kerak bo‘lsa, alohida yo‘lini izlash
kerak bo‘ladi.
Dinamik diapazonga kelsak, slayd-skanerlar odatda
uni planshetlarnikiga qaraganda taxminan (3,2 – 3,5) D teng ancha
kengroq deb e’lon qiladilar. Bu xususiyatlarga ishonish mumkin emas,
chunki ular odatda haqiqiy idrok etilgan fotografik kengligi emas, balki
sensorning nazariy imkoniyatlarini aks ettiradi. Masalan, ba’zilar, 4.0D
va hatto 4.2D dinamik diapazonga da’vo qiladilar, hatto juda qimmat
baraban skanerlari bilan ham haqiqatga bunday ko‘rsatgichga erishib
bo‘lmaydi.
Ko‘p sonli professional slaydlar va
negativlarni yuqori sifatli
skanerlash uchun baraban skanerisiz ishlab bo‘lmaydi.