205
a b c
9.6-rasm. Odamni to‘liq bo‘yicha rasmga olish:
а – kamera juda balandda joylashishi; b – kamera juda past
joylashishi; c – kameraning to‘g‘ri joylashishi.
Portret suratga olish
. Portretlar uchun yaqin planlar qo‘llanilsa
(9.7-rasm), landshaftlar va katta obyektlarni
keng kadrda suratga olish
yaxshidir. Bu kadrga imkon qadar ko‘proq joy qo‘shilishi kerakligini
anglatadi. Uch o‘lchovli tasvirni berish uchun fotosuratni shunday tuzish
tavsiya etiladi, shunda kadr ham oldingi fonni (masalan,
fotosuratchi
oldidagi zamin) va butun keyingi istiqbolni o‘z ichiga oladi. Buning uchun
kamera linzasini biroz pastga egib, suratga olish kifoya. Peyzajlarni suratga
olayotganda, rasmdagi ob’ektlarning chetlarini o‘tkir bo‘lishini ta’minlash
uchun shtativ (tripod – eshak)dan foydalanish maqsadga muvofiq.
206
Kechasi suratga olish.
Kechasi suratga olish uchun (9.8-rasm)
eng yaxshi yechim – bu tripoddan foydalanish hisoblanadi. Kechasi
yorug‘lik kam bo‘lgani uchun kamera ko‘rish vaqtini oshiradi. Agar
tripodsiz suratga tushirilsa, suratlar xira bo‘ladi. Tajribali fotosuratchilar
aytganidek, eng yaxshi stabilizator(turg‘unlovchi) – bu tripod, undan
tez-tez foydalanishni unutmaslik lozim.
Yaxshi suratga olish uchun bir nechta amaliy maslahatlar:
1) yorug‘lik tushadigan tomonni to‘smang;
2) gorizontni umumiy kadr balandligining 1/3 yoki 1/2
qismiga
qo‘ying;
3) ba’zi hollarda “gollandiyalik burchakgi” dan foydalaning;
4) vizual markazlar haqida esda tutib, ushbu markazlarda chegarisida
tegishli
tafsilotlarni joylashtiring;
5) odamlarni suratga olish uchun yaqindan olishdan foydalaning;
6) odamlarni suratga olish uchun optik kattalashtirish (zoom) dan
foydalaning;
7) landshaftlarni suratga olish uchun
umumiy rejadan foydalaning;
8) kadrda oldida bir oz bo‘sh joy qoldiring;
9) tunda suratga
olishda tripoddan foydalaning;
10) landshaftni suratga olish uchun tripoddan foydalaning.
Ushbu oddiy maslahatlar fotosuratlar sifatini keskin yaxshilashga
yordam beradi va suratga olish jarayonini qiziqarli va hayajonli qiladi.
9.7-rasm. Portret fotosurati