• Gistogrammalarning tipik turlari. To‘q rangli tasvir gisto- grammasi
  • Tasvirning tonal xarakterini aniqlash




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    Tasvirning tonal xarakterini aniqlash. 
    Gistogramma bilan 
    ishlashning maqsadlaridan biri kadrning tonal xususiyatlarini 
    aniqlashdir: umumiy tonallik, o‘rtacha yorug‘lik darajasi (qorong‘i, 
    yorqinlik va o‘rta yoritilgan).
    Tasvirning tonal xarakterini obyektiv aniqlash uchun uning gisto-
    grammasining muvozanat markazini aqliy ravishda topish kerak. Agar 
    muvozanat nuqtasining pozitsiyasi soyalar tomon siljigan bo‘lsa, unda 
    biz qorong‘i tasvir bilan ishlayyotgan bo‘lamiz; agar yorqinlik tomon 
    bo‘lsa – yorug‘lik bilan ishlayotgan bo‘lamiz; agar aniq siljish bo‘lmasa – 
    o‘rtacha ton bilan ishlayotgan bo‘lamiz. Muvozanat nuqtasining holatini 
    “ko‘z bilan” ham, o‘rtacha gistogrammaning hisoblangan parametri 
    – yorqinlikning o‘rtacha qiymati bo‘yicha qidirish mumkin. Agar u 
    100 dan kam bo‘lsa, unda tasvir qorong‘i; 150 dan ortiq bo‘lsa – tasvir 
    yorug‘ bo‘ladi. Albatta, bu tavsiyalarga ko‘r-ko‘rona tayanib bo‘lmaydi, 
    ammo 95% hollarda bu tonni xarakterini aniq bilish va tegishli xulosalar 
    chiqarish uchun yetarli.
    Gistogrammalarning tipik turlari. To‘q rangli tasvir gisto-
    grammasi
    . U soyalar tomon garmonikalarning sezilarli siljishiga ega. 
    Grafikning chap tomonida keng va baland tepalik bilan tavsifanadi, 
    ya’ni, piksellarning asosiy qismi past yorqinlik darajasiga ega bo‘lsa, 
    tasvir qorong‘i hisoblanadi. Ammo bu uning yorqinligi yuqori piksellarga 
    ega bo‘lmasligi kerak degani emas, aksincha, past tonallikning yuqori 


    216
    sifatli surati ko‘pincha diagrammadagi yorqin qiymatlar sohasida 
    “eksponensial” dumga ega bo‘ladi. Tasvirning tonal xarakteristikasi 
    gistogramma qorong‘i bo‘lishiga qaramay tasvirni yoritilishi shart degani 
    emas. Ehtimol, bu uning haqiqiy tonalligi bo‘lib, barchasi syujetga 
    bog‘liq bo‘ladi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish