• Yoritish sharoitlarini hisobga olish (rang balansi).
  • Tasvirni sayqaylash (Sharpening – Повышение резкости)




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet128/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    Tasvirni sayqaylash (Sharpening – Повышение резкости)
    .
    Tasvirni sayqaylash deyarli barcha tasvirlar uchun foydali operatsiya 
    hisoblanadi. Obyektiv muammolarini qoplash va tasvir sifatini 
    subyektiv ravishda yaxshilash uchun ko‘pgina kameralar ishlab 
    chiqaruvchilari uni o‘z qurilmalariga kiritishlari shart bo‘lib, ular 
    raqamli usullarni nazarda tutadi. Odatda, keskinlashtirish uchun 
    yuqori o‘tkazuvchan konvolyutsion(o‘ramali) niqob filtrlari yoki aniq 
    bo‘lmagan niqob filtrlari qo‘llaniladi. Birinchisi, tasvirning barcha 
    kichik detallari, shu jumladan shovqin kontrastining oshishiga olib 
    keladi, shuning uchun apparat darajasida ular odatda cheklangan 
    qo‘llaniladi. Asosiy o‘tkirlash(sayqaylash) usuli – bu o‘tkir niqoblash 
    usuli hisoblanadi.
    Raqamli kamera foydalanuvchisi oldida quyidagi tanlov turadi: 
    rasmga olish paytida o‘tkirlash yoki kompyuterda ishlov berish paytida 
    bajarishni ikkalasidan birini tanlashi kerak. Agar kompyuterni qayta 
    ishlash bilan shug‘ullanish istagi bo‘lmasa, kameraga ishonish lozim; 
    standart vositalar juda maqbul natija beradi. Agar rasmni qo‘lda sozlash 
    istagi bo‘lsa, sayqaylash funksiyasini o‘chirib qo‘yish va optimal 
    parametrlarni qo‘lda tanlab, rastr muharririda bajarish yaxshiroqdir. 
    Ba’zi kameralar mos keladigan sozlamalar o‘chirilgan bo‘lsa ham 
    aniqlikni oshiradi, shuning uchun olingan tasvirlarni diqqat bilan 
    tekshirish tavsiya etiladi.
    Tasvirlar JPEG formatida saqlangan bo‘lsa, apparatli keskin lashtirish 
    (sayqaylash) funksiyasi ba’zan shubhali natijalarga olib keladi, bunda 
    siqilish yuqori chastotali ma’lumotlarning kichik yo‘qotishlari, xususan, 
    obyektlarning o‘tkir konturlari hisobiga sodir bo‘ladi.


    214
    Yoritish sharoitlarini hisobga olish (rang balansi).
    Raqamli 
    kameralarda suratga olish shartlarini aniqlash, tashqi yorug‘lik ta’sirida 
    sahnadagi barcha obyektlarning rang-barangligini belgilaydigan 
    rang haroratini sozlash bilan bog‘liq. Xatolar raqamli tasvirdagi yuz 
    va ko‘zlarning qizarishiga olib keladi. Aksariyat kameralarda rang 
    haroratini avtomatik aniqlash algoritmlari mavjud bo‘lsa-da, bu 
    funksiya hali ham zamonaviy raqamli fotografiyaning “Axilles tovoni” 
    bo‘lib qolmoqda.
    Avtomatlashtirish bir turdagi manbalar bilan yoritish uchun yaxshi 
    ishlaydi, lekin kombinatsiyalangan yoritish (kunduzgi yorug‘lik 
    yoki sun’iy yorug‘lik, cho‘g‘lanma lampalar va chiroqlarda) yordam 
    bermaydi.
    Raqamli fotosurat natijasini aniqlaydigan asosiy sozlamalarni ko‘rib 
    chiqilib, yakuniy tasvirda biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, nima qilish kerakligi 
    o‘rganiladi. Avval muammoning nimada ekanligini tushunish kerak, 
    shuning uchun pastda tahlilning raqamli usullariga o‘tiladi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasvirni sayqaylash (Sharpening – Повышение резкости)

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish