O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/176
Sana17.05.2024
Hajmi6,82 Mb.
#239848
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   176
Bog'liq
F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

Gistogrammalarni tah lil qilish. 
An’anaga ko‘ra, gistogrammalar 
tasvirlarni tahlil qilishning asosiy obyektiv usuli hisoblanadi. Ular 
ekspozitsiya parametrlarini aniqlash va olingan fotosuratlarning tonal 
tuzatishlarini amalga oshirish uchun faol foydalaniladi
.
Gistogramma (
Histogram
 – 
Гистограмма) –
berilgan yor qinlik 
darajasiga (gorizontal o‘q bo‘yincha-X) ega bo‘lgan tasvir dagi (vertikal 
o‘q bo‘yicha-Y) piksellar sonini ko‘rsatadigan chiziqli diagrammaga 
aytiladi. Odatda piksellar soni ko‘p bo‘lishi mumkinligi sababli, 
gistogramma ko‘rsatilganda normallashtiriladi.
Yorug‘likning umumiy gistogrammasi aniq sozlash uchun 
ko‘pincha bu yetarli emas, shuning uchun har bir kanal uchun 
gistogrammalar tuziladi: qizil (Red), yashil (Green) va ko‘k (Blue). 
Kanallar, kulrangdagi tasvirlar, RGB rang modelining har bir rang 
komponentining taqsimlanishi haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi. 
Kanaldagi maksimal intensivlik tegishli komponentning yuqori tarkibli 
hududlariga to‘g‘ri keladi.
Gistogramma miqdoriy va sifat ma’lumotlarining manbayi bo‘lib 
xizmat qiladi. Uning umumiy ko‘rinishi mutaxassisga ko‘p narsalarni 
aytib beradi. U tasvirning tonal xarakterini tahlil qilish, garmonika 


215
nuqsonlarini va hatto rasmga olish sharoitlarini aniqlash uchun 
ishlatilishi mumkin.
Gistogramma sohalarini tavsifashda qulaylik uchun garmonikalar 
diapazoni uch qismga bo‘linadi: soyali (past yorqinlik diapozoni, 
shadows), nurli yoritilgan (yuqori yorqinlik diapozoni, highlights) va 
o‘rta yoritilgan (o‘rtacha yorqinlik diapozoni, midtones).
Ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar tonal diapazondan to‘g‘ri foydalanish 
muhimligini tan olishadi va shuning uchun kelajakdagi tasvirning 
histogrammasini elektron ko‘rsatish funksiyasini joriy qilmoqdalar. 
Albatta, rasmga olish paytida yorqinlik darajasini taqsimlash haqidagi 
ma’lumotlar muhimroqdir, ammo quyida ko‘rsatilgandek, hatto 
kompyuterda keyingi ishlov berish bilan ham u juda samarali bo‘lishi 
mumkin.

Download 6,82 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   176




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish