Ranglar chuqurligi (Color depth – Глубина цвета) –




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/176
Sana17.05.2024
Hajmi6,82 Mb.
#239848
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   176
Bog'liq
F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

Ranglar chuqurligi (Color depth – Глубина цвета) –
rangga 
ajratilgan bitlar soni hisoblanadi. Rastrli grafiklarning bir rang 
pikseli(nuqtasini)ni kodlashda ifodalash uchun ishlatiladi. Ushbu 
kontseptsiya rangni ifodalash uchun ishlatiladigan bitlarning barchasini 
sonini belgilaydigan pikselga bitlar soni (
BPP
– Bit Per Pixel) sifatida 
ham ma’lum.
BIT (Бит) –
bu, barcha ikkilik tizimdagi kompyuterlar va 
hisoblash qurilmalari ma’lumotlarida ishlatiladigan minimal miqdor 
bo‘lib, nol yoki birga teng ikkita qiymatni qabul qilishi mumkin. Bir 
bit rang chuqurligiga ega rasm elementini (pikselini) tavsifash orqali 
faqat bu piksel qora yoki oq ekanligini aytish mumkin. Bir pikselli rang 
chuqurligi faqat monoxrom (qora va oq) tasvirlarni tasvirlash uchun 
ishlatilib, juda aniq maqsadlarda ishlatiladi.
Rangli rasmlarni tavsifash uchun, birinchidan, har bir asosiy (RGB) 
ranglar uchun uchta – R-qizil, G-yashil va B-ko‘k intensivlik (yorqinlik) 
ko‘rsatkichlari qo‘llanilib, ular har qanday rangli tasvirni tashkil qiladi. 
Ikkinchidan, bu ko‘rsatkichlarning har biri yetarli xonaga (BITga) ega 
bo‘ladi. Yorqinlik qadamlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, raqamli model asl 
nusxaga shunchalik mos keladi.
Hozirgi vaqtda monitorlar va printerlarning aksariyati haqiqiy rang 
(TrueColor) deb ataladigan rang bilan ishlaydi. Bu 24-xona(bit)li – 
TrueColor bo‘lib, rangi qizil, ko‘k va yashil komponentlarni ifodalash 
uchun 8 bitdan foydalanadi: har bir komponent uchun 2
8
= 256 xil rang 
opsiyasi yoki jami 16 777 216 (256 x 256 x 256) ranglarni tashkil qiladi. 
24-bitli rang modeli Macintosh tizimida “million ranglar” (millions of 
colors) deb ham ataladi.
Aslida, bunday rang chuqurligi har qanday ko‘z uchun haqqoniy, 
rangli displey uchun yetarli va hozirda kompyuter qurilmalari ko‘rsatish 
uchun bundan ko‘proq imkoniyatni bera olmaydi. Kompyuterning video 
kartasi sozlamalarida o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan 32 bitli “haqiqiy” 
rang modeli aslida o‘sha 24 xonali “TrueColor” bo‘lib, qo‘shimcha 8 


199
bit nol bilan to‘ldirilgan yoki alfa korretsiya ma’lumotlarini o‘z ichiga 
oladi. 32-bitli rangning paydo bo‘lishi xotirani adreslashning o‘ziga xos 
xususiyatlari(chunki 32 soni 2 ning 5 darajasi bo‘lib 24 esa 2 darajasi 
emas), video xotira bilan ma’lumot almashinuvini optimallashtirish 
bilan bog‘liq.
Shunga qaramay, bir qator skanerlar (va raqamli kameralar) 
TrueColor-dan sezilarli darajada kattaroq 30, 36, 48 bit chuqurlikdagi 
ranglarni hosil qilishadi. Ushbu “qo‘shimcha” rang chuqurligini 
ochiq ko‘z bilan ko‘rishning iloji yo‘q, lekin uni ba’zi (kamdan-
kam) grafik paketlarda (masalan, Photoshop-da) va tegishli 
skanerlarning drayverlarida tasvirni qayta ishlashda foydalanish 
mumkin. Kattalashtirilgan bit chuqurligidagi tasvirni normal holatga 
o‘tkazish bilan ishlashda yuqori malakani talab qiladi, ammo bu 
oddiy “TrueColor”da skanerlashda yo‘qolishi mumkin bo‘lgan tasvir 
joylarini ajratib olishga imkon beradi. Masalan, 30 bitli tasvirning 24 
bitdan yuqori qismida shaklda o‘ta oqarib qolgan maydon qismini 
ko‘rinadigan qilib 24 xonali qismga olib kelib ko‘rsatishi mumkin.
Ko‘pgina skanerlar (soddaroqlari) rasmni 24-bitli shaklga 
aylantirish bo‘yicha ushbu ishni faqat “o‘z ichida” amalga oshiradilar 
va bu jarayonni boshqarish mumkin emas, skaner drayveri orqali 
bajarish ancha qiyin ish hisoblanadi. Shuning uchun skanerdan olingan 
(RAW) ma’lumotlardan foydalanish va uni qo‘lda qayta ishlash kerak. 
Ammo barcha asl nusxalar bunday ishlov berishga muhtoj emas. Agar 
ancha murakkab ob’ektlarni skanerlash kerak deb o‘ylansa, tanlangan 
skanerning xususiyatlari orasida undan RAW ma’lumotlarini olish 
imkoniyati mavjudligiga ishonch hosil qilish kerak.

Download 6,82 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   176




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ranglar chuqurligi (Color depth – Глубина цвета) –

Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish