• 6.4.2. PCX formatining tavsifi PC Paintbrush va FRIEZE oilalarida ishlatiladigan tasvir fayllari Zsoft
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    RGBquad {byte rgbRed; 
    I
    /
    qizil rang intensivligi;
    byte rgbGreen; // 
    yashil rang intensivligi
    ;
    byte rgbBlue; // 
    ko‘k rang intensivligi;
     
    byte rgbReserved; //
    foydalanilmaydi
    .


    161
    Bitmapning barcha parametrlari aniqlangandan so‘ng, fayl bit 
    tekisligining skaner qatorlarini o‘z ichiga oladi va DIB formatidagi 
    birinchi skanerlash qatori ekranni pastki qismidadir (ya’ni, boshlang‘ich 
    rasmning pastki chap burchagida joylashgan).
    Skaner qatorlari 32 bit bilan chegaralanadi (dword formati).
    6.4.2. PCX formatining tavsifi
    PC Paintbrush
    va 
    FRIEZE
    oilalarida ishlatiladigan tasvir fayllari 
    Zsoft
    tomonidan ishlab chiqilgan. DOS fayl kengaytmasi – PCX, format 
    turi esa rastrli. Shaxsiy kompyuterlar uchun deyarli barcha grafik ilovalar 
    PCX fayllarini ochishi yoki import qilishi mumkin. Rang variantlari – 1, 2, 
    4, 8 yoki 24-bitli, faqat kulrang rang kirmaydi. Unda har doim ROB siqish 
    usuli ishlatiladi. Ushbu formatning bir qator kamchiliklari bor. Bular:
    ■ kulrangdagi tasvirlar jadvallarni qo‘llamaydi;
    ■ RGBdan boshqa rang modellarni masalan, CMYKni ham 
    qo‘llamaydi;
    ■ uning (formatni) ko‘plab variantlari bo‘lishi, ayniqsa, ranglar bilan 
    ishlashda, fayl bilan ishlashni imkonsiz qilishi mumkin;
    ■ noqulay siqish sxemasi aslida ba’zi fayllar hajmini kamaytirish 
    o‘rniga oshirishi ham mumkin.
    PCX formatining afzallik tomoni shundaki, u quyidagi rasmlar uchun 
    yaxshi:
    1) cheklangan ranglar palitrasini yaratish (eng yaxshisi 16 yoki 256) 
    asosidagi tasvirlarga;
    2) yaxshi siqilmagan skanerdan o‘tkazilmagan tasvirlar yoki 
    fotosuratlarga;
    3) shaxsiy kompyuterning barcha ilovalari tomonidan o‘qilishi kerak 
    bo‘lganda.
    PCX tasvir fayllari 128 bayt sarlavha bilan boshlanadi. Keyin 
    kodlangan grafik ma’lumotlar keladi. Kodlashda uzun mono ranglar 
    usuliga asoslangan oddiy algoritm qo‘llaniladi. Agar faylda bir nechta 
    rangli qatlamlar saglangan bo‘lsa, u holda tasvirning har bir qatori rangli 
    qatlamlar bilan birga eslab qolinadi. Zsolt hujjatlariga ko‘ra, bu quyidagi 
    sxema bo‘yicha amalga oshiriladi (R – qizil qatlam; G – yashil qatlam; 
    B – ko‘k qatlam; I – intensivlik qatlami).


    162
    Rasmning 0-qatorida:
    RRR...
    GGG….
    BBB…
    I I I…
    Rasmning 1-qatorida:
    RRR...
    GGG...
    ВВВ...
    I I I...
    (va h.k)
    6.1-jadvalda PCX formatini sarlavhasi ko‘rsatilgan.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish