• 1. Soddalik.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mundarija




    Download 1,39 Mb.
    bet45/109
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,39 Mb.
    #145749
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109
    Bog'liq
    Mажмуа соҳаданики

    6.Tinglovchilar: taqdimot tinglovchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos boʻlishi shart. Nutqning mazmuni va ohangi tinglovchilarning tabiatiga bogʻliq boʻladi. Taqdimotda foydalangan soʽzlaringizga e’tibor qarating, mos boʻlmagan hech narsaga murojaat qilmang.
    Tinglovchilarning yosh guruhi e’tiborga olinishi kerak boʻlgan omillardan biridir. Quyidagilar kalavaning uchini ta’minlashi mumkin:
    1.Bolalar hikoyalarni yoqtirishadi va dramatik taqdimotga qiziqishadi.
    Yuqori sinf va kollej oʻquvchilariga katta odamlardek munosabatda boʻlish
    kerak. Ular yangi fikrlarga hozirjavob boʻladilar, samimiy to‘gʻri yondashuvga minnatdor boʻlishadi, shu bilan birga, ular tanqidga ham moyil boʻlib, yaxshi tayyorlangan va mazmunli taqdimot kutishadi.
    2.Yoshlar keng ko`lamli qiziqishlar va ijobiy munosabatli eng nozik tabiatli tinglovchilar boʻlib, yangi loyihalar va gʻoyalarni yoqtirishadi, lekin, ular tanqidchi hamdirlar.
    3.Oʻrta yoshdagi tinglovchilar konservator boʻlishadi va yangi gʻoyalarni osonlik bilan qabul qilishmaydi, hayot to‘gʻrisida koʻproq bilim va tajribaga ega boʻlishadi, lekin, oʽzgarishlar va yangi gʻoyalar haqida judayam zavqlanishmaydi, qiziqishlari mumkinku, ammo, osonlik bilan qabul qilmaydilar.
    4.Katta yoshdagilar yangi rivojlanish va dunyoda nima sodir boʻlayotganligi haqidagi ma’lumotga qiziqadilar. Ular o‘tmishdagi yaxshi vaqtlarini eslashni ham yoqtiradilar.
    Xizmatingiz yoki mahsulotingiz haqidagi ma’lumotlarni kerakli odamlarga yetkazishda taqdimot tayyorlash uchun e’tiboringizni qaratishingiz kerak boʻlgan jihatlarga quyidagilar kiradi:
    1.Soddalik. Odatda koʻpchilikda prezentatsiya va taqdimotlar qancha murakkab tilda, atamalar va maxsus iboralarga boy qilib tayyorlansa, shuncha professional darajada tayyorlangan degan taassurot qoʻldiradi degan fikr shakllangan. Lekin,Agar, tayyorlangan ma’lumotlarni eshitayotgan yoki o‘qiyotgan odam nima deyayotganingizni tushunmasa, bunday taqdimotdan koʽzlangan maqsadga erishish qiyin boʻladi. Shunday ekan fikringizni tinglovchi yoki oʻquvchiga yetkazayotganda iloji boricha qisqa va sodda jumlalar qurishga, murakkab atama va iboralardan kamroq foydalanishga harakat qiling. Albatta, siz oʽz ishingizning ustasi ekanligingizni koʻrsatgingiz keladi, lekin, bunga odamlarni zeriktirmasdan yo qiynamsdan ham erishsa boʻladi.

    Download 1,39 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109




    Download 1,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mundarija

    Download 1,39 Mb.