O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/113
Sana22.12.2023
Hajmi7,63 Mb.
#126439
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   113
OH
CH
OH
CH



2
2
sodda ikki atomli 
spirtdir. Bu rangsiz quyuq shirin tamli, hidsiz suyuqlik. Uning malekulyar massasi
62,07, zichligi ρ = 1,115 g/sm3, atmosfera bosimidagi qaynash harorati -197,5
o
C, 
solishtirma issiqlik sig„imdorligi – 0,55 kkal/kg. 
Etilenglikol suv bilan har qanday nisbatlarda aralashadi. Uning suvli 
aralashmasi past haroratda muzlaydi va qish vaqtida mashina dvigatellarini 
sovutish sifatida muzlamaydigan suyuqlik sifatida keng qо„llaniladi. Suvli 
eritmasining muzlash harorati quyidagi 6.2-rasmda keltirilgan. 
Dietilenglikol (
OH
CH
CH
O
CH
OH
CH
2
2
2
2




) tо„liq bо„lmagan efir 
etilenglikolni ifodalaydi va suyuqlik rangsiz holda bо„ladi. Uning molekulyar 
massasi 106,12, zichligi ρ = 1,117 g/sm
3
, atmosfera bosimidagi qaynash harorati 
– 244,5
o
C. 
Dietilenglikol ham har qanday nisbatda suv bilan va gigroskopik 
etilenglikol bilan aralashadi. 
Glikollardan 
eng 
samarali 
absorbent 
trietilenglikol 
(
OH
CH
CH
O
CH
CH
O
CH
OH
CH
2
2
2
2
2
2







) isoblanadi. Uning olekulyar 
massasi 150,17, zichligi ρ = 1,1254 g/sm
3
, atmosfera bosimidagi qaynash harorati 
– 287,4
o
C. Uning bug„larining elastikligi deetilenglikolnikidan bir necha marta 
kichik. 
Trietilenglikolning asosiy kamchiligi uning konsentratsiyali aralashmasi 
og„ir uglevodorodlarda katta bо„lmagan miqdorda yutilish xususiyatiga egadir. 
Shuning uchun tarkibida og„ir uglevodorod bо„lgan gazlarni quritishda eritmaning 
pasaytirilgan konsentratsiyasi qо„llaniladi. 


156 
6.2-rasm. Suvli eritmalaini muzlash haroratini tarkibga bog„liqligi: 
1 – etilenglikol; 2 – dietilenglikol; 3- trietilenglikol 
Qaysiki, quritish sovutilgan holatda gazlarning tarkibidagi suvlarning 
kondensatsiyalanishini oldini olishda qо„llaniladi, uni baholashda mutloq namlik 
miqdoriga nisbatan shudring nuqtasini kо„rsatgichiga qarab quritish 
samaradorligini kо„rsatgichini bohalash qulaydir. Shunday qilib, suv bug„ining 
bosimini absorbent ustidagi haroratni о„zgarishiga bog„liqligini toza suvning 
ustidagi bosimga yaqinlik qonuni bо„yicha hamda har qanday absorbentning 
samaradorligini quritilgan gazning shudring nuqtasi va kontaktlashish harorati 
oralig„idagi farq bо„yicha baholash mumkin. Bu kattalik odatda shudring 
nuqtasining depressiyasi deyiladi. 
Gazning shudring nuqtasining qiymatlarini diagrammasidan foydalanib, 
deetilenglikol va trietilenglikolni muvozanatda bо„lishini har xil haroratdagi 
kontaktini va absorbentning konsentratsiyasidan foydalanib absorberlarni hisobini 
soddalashtirish mumkin (6.2 va 6.3 – rasmlar). Shunday qilib, diagrammalardan 
tо„g„ridan-tо„g„ri talab qilingan yutuvchining konsentratsiyasi va kontakt harorati 
aniqlanadi hamda gazni quritishni belgilangan darajasiga erishiladi. Tabiiy gazni 
quritish 
uchun 
absorberlarni 
loyihalashtirishda 
diagramma 
amaliyotda 
erishilmaydigan shartlarni yoritadi. Bunday holat glikol kolonna bо„ylab oqqanda 


157 
aralashadi va haqiqiy likopchalarning soni aniqlanadi, gazni va absorber bilan 
tо„qnashishi sodir bо„ladi hamda ular о„rtasidagi muvozanatni о„rnatish yetarli 
bо„lmaydi.
Tabiiy gazlarni quritish qurilmasini ishlatishni tajribalaridan kelib chiqib, 
absorberlarni hisoblash va loyihalashtirishda quyidagi empirik qoidalarni kiritish 
mumkin: 
a) tizimdagi sirkulyatsiyada 1 kg absorberlangan suvda 25 l glikol bо„lishi 
kerak; 
b) absorberda haqiqiy holatda tо„rtta likopcha bо„lishi kerak. 
Grafikdan kо„rinib turibdiki, haqiqiy va nazariy kо„rsatgichlar oralig„ida 
katta uzilishlar mavjud. Kо„p holatlarda shudring nuqtasining erishadigan qiymati 
33
0
S dan oshmaydi va yer osti gaz uzatmalarini о„rnatish chuqurligi yetarlidir. 
Shuning uchun gazni quritishning kо„pgina qurilmalarida glikol bilan 
absorberning tо„rtta likopchasi qо„llaniladi, FIK odatda 25...40% chegarasida 
joylashadi. Bunday kolonnaning ish unumdorligi bir muvozanatli tо„qnashish 
pog„onasining ish unumdorligiga yaqin ekvivalentli bо„ladi. 
Agar tabiiy gazni quritish qurilmalarida chuqur quritish talab qilinganda 
unga erishish uchun 1 kg suvdagi sirkulyatsiya absorbentining miqdori oshiriladi. 
6.3 –rasm. DEG eritmasi bilan gazlar tо„qnashganda muvozanatlashish nuqtasi 


158 
6.4 - rasm. TEG eritmasi bilan gazlar tо„qnashganda muvozanatlashish nuqtasi 
Quyida shudring nuqtasining depressiya grafigida sanoat qurilmasida 
erishiladigan hamda empirik qoida va nazariy depressiyaning ma‟lumotlari 
keltirilgan. 
6.5 - rasm. Shudring nuqtasining depressiya grafigi 
Absorbentning suvdagi sirkulyatsiya miqdori 75 l/kg.dan oshirilganda 
shudring nuqtasining depressiyasi oshmaydi (6.6–rasmda 1 kg suvdagi glikolning 
tarkibi foizlarda kо„rsatilgan). 
Grafikdan kо„rinib turibdiki, haqiqiy va nazariy kо„rsatgichlar oralig„ida 
katta uzilishlar mavjud. Kо„p holatlarda shudring nuqtasining erishadigan qiymati 


159 
33
o
C dan oshmaydi va yer osti gaz uzatmalarini о„rnatish chuqurligi yetarlidir. 
Shuning uchun gazni quritishning kо„pgina qurilmalarida glikol bilan 
absorberning tо„rtta likopchasi qо„llaniladi, FIK odatda 25..40% chegarasida 
joylashadi. Bunday kolonnaning ish unumdorligi bir muvozanatli tо„qnashish 
pog„onasining ish unumdorligiga yaqin ekvivalentli bо„ladi. 
Agar tabiiy gazni quritish qurilmalarida chuqur quritish talab qilinganda 
unga erishish uchun 1 kg suvdagi sirkulyatsiya absorbentining miqdori oshiriladi. 
Absorbentning suvdagi sirkulyatsiya miqdori 75 l/kg.dan oshirilganda 
shudring nuqtasining depressiyasi oshmaydi (6.6–rasmda 1 kg suvdagi glikolning 
tarkibi foizlarda kо„rsatilgan). 
Asosiy mezonlardan biri gazni quritish qurilmasining ishini samaradorligi 
glikollarni mexanik holatda olib chiqib ketilishini yо„qotilishiga qarab aniqlanadi. 
Glikolning katta bо„lmagan miqdori bug„lanish va oqib chiqish natijasida 
yо„qotiladi. Agarda gazni quritish qurilmasi belgilangan rejimda ishlatilganda 
glikolning yо„qotilishi 8 mg/m3 dan oshmaydi. Ba‟zida quritiladigan gazning 
tarkibida uglevodorod kondensati hamda uning tarkibida aromatik uglevodorodlar 
yoki boshqa komponentlar bо„lganda glikollarni eritish xususiyatiga ega bо„ladi va 
yо„qotilish ruxsat etilgan kо„rsatgichdan oshib ketmaydi. Absorberda glikolning 
kо„pirishi natijasida kо„proq chiqib ketishlar sodir bо„ladi. Kо„pikning hosil 
bо„lishi og„ir uglevodorodlar bilan glikolni ifloslantiradi, yupqa despersli qattiq 
chо„kmalarni yoki tuzli suvlarni tizimga kirishiga olib keladi. 
6.6 - rasm. Sanoat absorberlarini ta‟sirida shudring nuqtasini depressiyasiga 
glikol konsentratsiyasini ta‟sir etish grafigi


160 
Gazni glikolli absorberga berishdan oldin u samarali ishlaydigan 
ajratgichdan о„tkazib olinadi. Eritmada kо„pikni paydo bо„lishini kamaytirish 
uchun unga kо„pikka qarshi qо„shimcha qо„shiladi. Bu maqsadda trioktilfosfat-2 
qо„llaniladi; uning miqdori 0,05% qо„shilganda glikolning yо„qotilishini 240 
mg/m
3
. dan 8 mg/m
3
gacha va undan kichik miqdorda kamaytiradi. 
Mexanik aralashmalar orqali glikolni chiqib ketishini oldini olish uchun 
glikollarni chiqishda ushlab qoluvchi tindirgich о„rnatiladi. Gazni glikol bilan 
quritish qurilmalarida quritishda jiddiy korroziya murakkabliklari kelib chiqadi. 
Glikol toza holatda uglerodli pо„latlarda korroziyani chaqirmaydi, lekin gaz bilan 
kirib keladigan begona moddalar mahsulotlarni yoyilishini va oksidlanishini 
keltirib chiqaradi va salbiy ta‟sirlarni paydo qiladi. Korroziyani oldini olish uchun 
koroziyaga qarshi tayyorlangan apparaturalar о„rnatiladi va eritmalarni 
harakatlanish tezligini pasaytiradi hamda korroziya ingibitorlari qо„llaniladi va 
glikolni yoyilib ketishiga yо„l bermaydi. 
Glikol oksidlanganda oraliq mahsulotlari, organik perekis hosil bо„ladi, 
undan keyin esa chumoli kislotasiga va formaldegitga aylanadi. Oksidlanish 
jadalligi harorat kо„tarilganda kislorodning parsial bosimini oshishiga va 
kislotaning mavjudligiga bog„liq bо„ladi. Eritma vakuumli regeneratsiya 
qilinganda desorbsiya tizimiga kislorod kelib tushadi. Shuning uchun bunday 
qurilmalarning pN kо„rsatgichi doimiy ravishda nazorat qilib turiladi. Agarda pN 
kо„rsatgichi oshib ketganda eritma yemiruvchi muhitga aylanadi. 

Download 7,63 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   113




Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi N. N. Maxmudov, T. R. Yuldashev, B. Sh. Akramov

Download 7,63 Mb.
Pdf ko'rish