167
nisbatan suyuqlikni teskari bug„lashini keskin kamaytiradi. Tik ajratgichlarning
afzalligi – suyuq fazaning chiqib ketishida sath rostlagich ishi ishonchlidir.
Yotiq ajratgichlar –
tashishda qulayligi, katta hajmdagi gazlarni ishlashda
tejamkordir. Bir xil о„tkazuvchanlikda yotiq ajratgichning diametri tik ajratgich
diametridan kichik bо„ladi.
Ajratgichlar
turlariga
bog„liq
bо„lmagan
holda
ajratgichlarga,
koagulyatsiyali (chо„kindi hosil qiluvchi) va yig„ma seksiyali bо„ladi.
Ajratuvchi seksiyali – shartli holda birlamchi va ikkilamchi turlarga ajratishi
mumkin.
Birlamchi seksiya gazning tarkibidan asosiy yirik suyuqlikning dispers
massasini ajratadi. Uning ish samaradorligini oshirish
uchun kirishdagi quvurcha
tangensial holda joylpashtiriladi. Bunda gaz oqimi tо„g„ri kiritilganda oqimning
oldiga sachratuvchi (tarqatuvchi) tо„siq о„rnatiladi. Oqimning tangensial kirib
kelishida suyuqlik gazdan markazdan qochma kuch ta‟sirida ajraladi va tо„g„ri
oqim yо„nalishini о„zgartiradi.
Ikkilamchi ajratish yoki chо‘kma seksiya – suyuqlikni о„rtacha despers
qismini ajratishga mо„ljallangan. Ajratishning ososiy
prinsipi gazning kichik
tezligida gravitatsiali chо„ktirishga asoslangan. Gravitatsiyali chо„ktirishda asosiy
talab oqimni turbulentligini kamaytirish uchun ajratgichlarning ba‟zi bir
konstruksiyasida .oqimni tо„g„rilovchi maxsus moslamalar о„rnatiladi.
Koagulyatsiya seksiyasi (tuman ekstratori) - chо„ktiruvchi seksiyalarga
chо„kmagan juda kichik suyuqlik tomchilarni ushlab qolish uchun xizmat qiladi.
Mayda tomchilarni koagulyatsiyalash va ushlab qolishda har xil turdagi jalyuzli
nasadkalardan foydalaniladi. Ularda ajratadigan muhit
bilan katta kontakt yuzasi
hosil qilinadi va inersion kuchdan foydalaniladi. Kichik о„lchamdagi tomchilar
(diametri 100 mkm.dan kichik) jalyuz nasadkasi yordamida olib chiqib ketiladi va
simli tо„rlardan tashkil topgan kapillyarli tuman ekskatorida ushlab qolinadi.
Yig‘ma seksiya – ajratilgan suyuqliklarni tо„plash va chiqarib ketish uchun
xizmat qiladi. U yetarli kattalikdagi hajmga ega bо„ladi va qulay joylashtirilishi,
ajratgich tо„xtovsiz oqimda normal ishlashi hamda ajratilgan suyuqlik gazning
oqimiga ta‟sir qilmasligi kerak. Tomchilarni koagulyatsiya jarayoni nobarqaror
bо„lib, uning barqarorlashishi uchun aniq vaqt talab qilinadi. Tomchilarning
о„lchami 10
-5
sm.gacha bо„lganda
Broun harakatiga ega bо„ladi, undan yuqorida
168
esa – turbulent oqim bо„ladi. Ma‟lumki, gazning zichligi suvning zichligidan juda
ham kichik bо„lganligi uchun gaz oqimining turbulentligida tomchilarning
о„lchami 10
-4
sm.dan katta bо„lganda inersion kuchlar katta ta‟sir kо„rsatadi va
tomchilarning mustahkamlanishi asosan turbulentli
koogulyatsiya natijasida
boradi. Tomchilarning о„sishi turbulent pulsatsiya ta‟sirida parchalanguncha
davom etadi. Shu paytdan boshlab gazning oqimida tomchilarni yiriklashishi va
parchalanish
muvozanati
о„rnatiladi.
Gaz
suyuqlik
tizimida
oqim
mustahkamligining umumiy nazariyasidan ma‟lumki, suyuqlik tomchisi pardali
oqim sirtidan uzilganda az va suyuqlikning tezligini
maksimal qiymati gorizontal
quvurlar orqali birgalikda harakatlanganda sodir bо„ladi. Yuqoridagi fikrlardan
shuni xulosa qilish mumkinki, eng yaxshi gaz suyuqlik ajratgich – gorizontal
quvurning bir qismi bо„lib, mualloq tomchini pardali holatga о„tkazishini
ta‟minlashda uning kirish qismiga maxsus qurilma о„rnatiladi.
Bunday
qurilmalarga har xil turdagi buralmalar, qanotchalar, shneklar va boshqalar kiradi.