161
Absorbentdan tо„yingan absorber sig„imga (3) oqadi. Gazni sig„imga (3)
yorib kirishini oldini olish uchun absorberning pastki qismiga sath rostlagich
joylashtiriladi va uni yordamida tо„yingan absorberning sathi doimiy holda ushlab
turiladi. Sig„imda (3) tо„yingan absorber bosimni pasaytirish
orqali uchuvchan
uglevodorodlardan qisman ozod qilinadi.
Tо„yingan absorbent sig„imdan (3) issiqlik almashtirgichga (4) kirib keladi,
issiqlikni almashishi hisobiga regeneratsiyalanadigan absorbent qiziydi va
qizdirgichga (5) yо„naltiriladi. Bug„lanish haroratigacha qizdirilgan tо„yingan
absorbent qizdirgichdan desorberga (6) yо„naltiriladi.
Absorbentni desorbsiyalash rektifikatsiyalash tartibi bо„yicha olib boriladi.
Desorberning yuqori qismiga bug„larni haydash orqali olinadigan suyuq
uglevodorodlar kiritiladi va uning pastki qismidan suv bug„i kirib keladi.
Desorberdan haydaladigan uglevodorodlarni va suvning bug„i sovutgichga
(7) yо„naltiriladi va u yerda suyuqlik fazasiga aylantiriladi. Suyuqlik sovutgichdan
(7) ajratuvchi sig„imga (8) va u yerda gazli benzinni suvdan ajralishi sodir bо„ladi.
Suv sig„imdan chiqarib yuboriladi, gazli benzin esa kondensat yig„gichga (9) kirib
keladi. Gazli benzinning bir qismi nasos (10) yordamida desorberning yuqorisidan
sug„orish uchun beriladi.
Tiklangan absorbent desorberning pastki qismida issiqlik almashtirgich (4)
orqali yog„li sovutgichga (11) va undan keyin sig„imga (12) yо„naltiriladi,
nasos
yordamida absorberga uzatiladi. Talab qilinganda toza absorbent sig„imdan (14)
yangidan qо„shiladi. Ishlatib bо„lingan absorberlar ma‟lum vaqt oralig„ida
almashtiriladi, quvur uzatmada desorberdan sig„imga о„tkazish oldindan kо„rib
chiqiladi. Agarda absorbent jarayon tо„xtatilmasdan almashtirilsa, u holda chiqarib
yuborishdan regeneratsiyalangan absorbent sig„imga (13) tо„kiladi, absorberga esa
sig„imdan (14) nasos yordamida toza absorbent haydaladi.
Qurilma tо„liq avtomatlashtiriladi. Absorberdagi, desorberdagi va hamma
sig„imlardagi suyuqlik sathi sathni rostlagich yordamida ushlab turiladi.
Sig„imlardan chiqadigan bug„larni va gazlarning bosimini
doimiy saqlab turish
qarshi bosimni rostlagich yordamida amalga oshiriladi. Bug„ni qizdirishga va
desorberga sovuq sug„orishga uzatish belgilangan haroratni saqlab turgan holda
162
issiqliq rostlagichi yordamida amalga oshiriladi. Absorbent va gazni oralig„idagi
nisbatlar avtomatik ravishda ushlab turiladi.
Absorbent sifatida barqarorlashtirilgan
uglevodorod kondensati, kerosin,
solyarka, ligroin va boshqa turdagi og„ir uglevodorodlardan foydalaniladi.
6.7 - rasm. Absorbsiyali gazbenzilli qurilmasining texnologik sxemasi:
1 – absorber; 2 – ajratgich; 3, 12, 14 –sig„im; 4 –
issiqlik almashgich; 5 –
qizdirgich; 6 – desorber; 7 – sovutgich; 8 – ajratuvchi sig„im; 9 –
kondensat
yig„gich; 10 – nasos; 11 – yog„li sovutgich; I – xom gaz; II – quruq gaz; III – suv;
IV – bug„; SR – sathni rostlagich; QBR – qarshi bosimni rostlagich; IR – issiqlikni
rostlagich