24
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Kompyuter grafikasi qanday turlarga bo`linadi ?
2.Animatsion,
namoyish, bezatilgan, kommertsiya, injener
va ilmiy grafikalarni
xarakterlovchi xususiyatlari nimalardan iborat ?
3. Grafik tasvirning asosiy turlari qanaqa ?
4. Grafiklarning asosiy ko`rinishlari qanaqa ?
5. Kompyuter grafikasining asosiy qo`llanish sohalari qanaqa?
6. Rastrli tasvirlar qanday asosiy xarakteristikalariga ega?
7. Tasvir shaklda taqdim etilgan malumotlarning qanday turlarini bilasiz?
1.6. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish
Grafik xabarlarni saqlash grafik tizimida qanday displeydan foydalanayotgani
bilan aniqlanadi. Agar vektorli displeydan foydalanilgan bo`lsa, u holda tasvirni har
bir nuqtasiga ikkita son to`g`ri keladi, ya’ni Z va U koordinatalari. Shunday qilib,
vektorli displeyda ko`rsatish uchun mo`ljallangan tasvirni kiritish bu kompyuter
xotirasiga qandaydir sonlar ketmaketligini yozish demakdir, ya’ni Z va U ni qiymati.
Grafik xabarlarni saqlash tizimini o`ziga xos xususiyati, bu mashina xotirasi hajmini
kattaligidir. Hozirgi vaqtda habarni saqlovchi magnit diskasi va magnit tasmasi keng
qo`llanilmoqda. Magnit diskasi va tasmasiga xabarlarni yozish va o`qish magnitli
kallak yordamida magnitafonga o`xshash yoziladi. Hozirgi qurilmalarida yozishni
ko`ndalang zichligi 1 mm va 8 - ta yo`lga, uzunligi – 160 bit/mm ga etadi. Shaxsiy
kompyuterlar uchun asosiy tashqi xotira to`plovchi
qurilma egiluvchi magnit
diskasidir. Bu arzon tez ishlaydigan va kichik gabaritli qurilma xabarlarni to`plovchi
diametri 19,8 sm li egiluvchi plastmassa plastinka bo`lib, o`nga magnit qatlami
qoplangan va himoyalovchi plastinka konvert ichiga joylashtirilgan. Habarlarning
magnit diskasining bir tomonga yoki ikki tomonga yozish mumkin. Bitta diskada
125 kbaytdan 500 kilobaytgacha xabarlar saqlash mumkin. Lekin, bu chegara emas.
Intensiv ravishda
optikaga asoslangan
xabarlarni to`plovchi disketalar
rivojlanmoqda. Ularda grafik ma’lumotlar yozish va o`qish
lazer nuri yordamida
25
amalga oshiriladi. Optik xotirada saqlab qoluvchi qurilma odatdagi magnit diskali
xabarlarni to`plovchi disketalardan 100 marta ortiqdir. Diametri 50 - 405 mm
bo`lgan optik disklarni habarlar sig`imi 4 Gbaytga yetadi.
Hozirgi vaqtda, optik habarlarni tasmali tizimini 600 Gbayt xajmligi mavjud.
Bunday hajmli ma’lumotlar yozuv stolining tumbasidan kattaroq qurilmaga
joylashadi va 250 mln standart mashina yozuvi betiga ekvivalentdir. Uzunligi 250
m kengligi 4 mm va qalinligi 12 mm, bo`lgan tasma uncha katta bo`lmagan
kasetaga joylashadi. Hozirgi
vaqtda ensiklopediyalar, lug`atlar va kitoblarni optik
diskalarga ko`chirish uchun texnik imkoniyatlar mavjud.
Hozirgi paytda rastr va vektorli tasvirlar uchun ko`plab
fayllar formatlari
ma`lum. Quyida rastr tasvirlar uchun fayllarni saqlash formatlarini ko`rib chiqamiz.
BMP faylning sarlavhasi
BITMAPFILEHEADER
deb ataladi. Undan faylning
umumiy tasnifi (holatining bayoni) joylashtiriladi. Sarlavha quyidagi maydonlarga
ega:
WORD