• Tekislikdagi almashtirishlar.
  • Ko`chirish.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/94
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #233393
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    1. Tasvirlarni kodlashtirishning mohiyati. 
    2. Impuls – kodli modullab kodlashtirish. 
    3. Tasvirlarning kodlashtirishning statistik usullari. 
    4. Takrorlanishlarni kodlashtirish. 
    5. Oldindan aytish yo`li bilan kodlashtirish. 
     
    (4.3.5)


    68 
    4.4. Oddiy geometrik akslantirishlar.
    Tasvirni kompyuter displeyining ekraniga chiqarish va u bilan bog`liq 
    amallarni bajarish foydalanuvchidan ma`lum darajada geometrik bilimlarni talab 
    qiladi. Geometrik tushunchalar, formulalar, faktlar, (birinchi navbatda ikki va uch 
    o`lchovga tegishli) kompyuter grafikasida o`ziga xos maxsus o`rinni egallaydi. 
    Geometrik yondashish, tasavvur va fikrlar hisoblash texnikasining imkoniyatlarini 
    doimo tezkor kengayishi bilan birgalikda kompyuter grafikasining jiddiy 
    rivojlanishi yo`lida va ko`p sohalarda keng ishlatilishiga manba bo`ldi. Ayrim 
    hollarda oddiy, elementar geometrik metodikalar katta geometrik masalalarni 
    yechish bosqichlarida sezilarli rivojini ta`minlaydi. Ikki va uch o`lchovli geometrik 
    almashtirishlarni mashina grafikasida qo`llanilishini ko`ramiz.
    Tekislikdagi almashtirishlar. 
    Ikki o`lchovli barcha narsalarni kompyuter 
    grafikasida 2D (2-dimension) belgisi bilan ifodalash (kiritilgan) qabul qilingan. 
    Faraz qilamizki tekislikda to`g`ri chiziqli koordinatalar sistemasi kiritilgan 
    (berilgan) bo`lsin. Unda har qanday M nuqtaning koordinatasini aniqlash 
    uchun ikki juft (x,u) sonlari olinadi. Ushbu tekislikda yana bitta to`g`ri chiziqli 
    koordinatalar sistemasini kiritgan holda M nuqta uchun yangi mos juft (x`,y`) 
    kordinatalarni hosil qilamiz. Tekislikda bitta to`g`ri chiziqli koordinatalar 
    sistemasidan boshqasiga o`tish quyidagi tenglamalar orqali amalga oshiriladi: 
    Bu yerda 
    α, β, γ, σ, λ, μ 
    - ixtiyoriy sonlar. Boshqa tomondan qaraganda, agar biz 
    nuqta o`zgarib koordinatalar sistemasi o`zgarmas deb qabul qilsak, u holda (1)
    (4.4.1)
    4.4-rasm. Tekislikda almashtirish 


    69 
    formulalar M(x,u) nuqtani M`(x`,y`) nuqtaga almashtirishini ifodalaydi (4.4-rasm).
    (4.4.1) formulalarni nuqtani almashtirishni ifodalaydi deb qabul qilamiz.
    Almashtirish 
    formulalaridagi 
    kooeffitsentlarning 
    geometrik 
    ma’nosini
    o`rganish uchun berilgan koordinatalar sistemasini to`g`ri burchakli dekart
    koordinatalar sistemasi deb hisoblash qulay. Ikki o`lchovli almashtirishlarning
    xususiy hollarini ko`ramiz.
    Ko`chirish.
    M (x,u) nuqtani M`(x`, y`) nuqtaga ko`chirish berilgan 
    λ 
    va 
    μ 
    ko`chirish konstantalari vektorining koordinatalariga qo`shish orqali amalga 
    oshiriladi. 

    Download 5,59 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov

    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish