59
reklamasidagi robotlarni odam ko`rinishiga o`tkazish kabilar. Kino asarlarida yana
qahramonlar qiyofalarini o`zgartirish, ularni yoshartirish, yuzlariga ajinlar tushirish
kabilardan ham keng foydalaniladi. Bunday usul tasvirlarni qiyshaytirish (Image
warping) deb ataladi. Bu usuldan dastlab fazoviy tasvirlardagi buzilgan joylarni
qayta tiklash maqsadida foydalanilgan edi. Hozirda u yo`qolganlarni qidirishda ham
keng qo`llanilmoqda. Bunda yo`qolgan odamlarning bir necha yillar avval olingan
tasvirlari asosida hozirdagi qiyofalari tiklanadi. (4.2-rasm)