62
Yuqorida keltirilgan to`rlarga asoslangan yacheekalarda piksellarni joylashishi
orqali tasvirlar ekranda hosil qilinadi. Biroq, bulardan tasvirlarga raqamli ishlov
berish uchun eng qulay va keng foydalaniladiganni 4.4-rasm (b) – da keltirilgan
to`rdir.
Tasvirlarga raqam ishlov berish uchun kvadrat to`rlarga mos maskalar mavjud
bo`lib, u quyidagi 4.5-rasmda keltirilgan:
4.5-rasm.Kvadrat to`rlar uchun maskalar va obyektning ma`lum bir qismi.
Hozirgi vaqtda 2
D o`lchovli fazoda 3
D o`lchovli tasvirlarga raqamli ishlov
berish rivojlanib bormoqda. Uch o`lchovli tasvirdagi piksel “voksel” (voxel) deb
yuritiladi – volume element (hajm elementi) so`zining qisqartma shaklidir. To`g`ri
burchakli to`rdagi har bir voksel to`g`ri burchakli parallelepipedni o`rtacha yorug`lik
darajasini beradi.[4]
4.6-rasm.3
D o`lchovli fazodagi voksel.
Dekart to`rida ifodalanayotgan giperkubik pikselning raqamli axborotini
ta`minlaydi. Geometrik o`lchovni mos geometrik fazoga o`tib ishlash kompyuter
grafikasida tasvirlarga raqamli ishlov berishda katta qulayliklar yaratadi.