SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Tasvirlarni silliqlash usullari
2. Shovqinni bartaraf etish yo`llari haqida ayting?
3. Gauss shovqinini bostirish usuli haqida gapiring.
4.8. Tasvirlarni filtrlash.
Filtrlash paytida bizga xalaqit berayotgan shovqinlar olib tashlanadi. Tasvir
ikkilik tasvir shaklida bo`ladi bu jarayon skanerlash vaqtida amalga
oshiriladi.Ko`plab ananaviy tasvirlarni filtirlash uchun bir qacha filtrlash turlari bor.
Masalan: Gaussa filtiri, o`rtacha filtirlash va boshqalar. Lekin qanday filtirlash
usulidan qatiy nazar birinchi navbatda uning samadorligi maqsad qilib olinadi.
Filtirlash jarayonida matnni bir zarracha deb olib bitmap shaklida tekshiradi va
uning sakkiz qo`shnilarini o`rtacha qaytaradi.(4.8– rasm).
4.8-rasm.
79
Binar (qo`shqiymatli) tasvirlar ko`p qiymatlisiga nisbatan soddaligi sababli
chekli sinfdagi halaqitlarga ega. Ularni yo`qotish uchun asosan mantiqiy filtrlash
usullari ishlatiladi. Bu usullarning algoritmlari odatda evristik (iste`molchi filtr
parametrlarini manba tasvir sifatiga bog`liq ravishda oladi) ko`rinishda bo`ladi.
Qo`shqiymatli tasvirlarda halaqit asosan 4 ta sababga ko`ra:
tasvirning asl nusxasidagi ifloslik;
bo`yalish sifatining pastligi;
tasvirni EHMga kiritish jarayonida kichik xatoliklar;
ko`pqiymatli tasvirni qo`shqiymatlisiga o`tkazish bo`sag`asining
noto`g`ri tanlanishidan bo`ladi.
Keyingi ishlov berishlar natijasi sifatli bo`lishini ta`minlash uchun bu
sabablarga ko`ra paydo bo`lgan halaqitlarni yo`qotish lozim. Ishonchli filtrlash
algoritmlarini ishlab chiqish uchun qo`shqiymatli tasvirlarda uchraydigan asosiy
halaqitlarni aniqlaymiz. Qo`shqiymatli tasvirlarda ayniqsa ko`p uchraydigan
halaqitlardan biri chiziq shaklining notekisligidir. U turli ko`rinishda bo`lishi
mumkin: qalinlikning o`zgarishi, ya’ni chiziqlarda haddan tashqari keng yoki tor
bo`laklar bo`lishi, chiziqlar konturining notekisligi va hokazo. Ko`p uchrash
bo`yicha keyingi o`rinda yakkalangan kichik qora dog`lar, chiziq ichidagi
yakkalangan bo`shliqlar va nihoyat kamroq uchraydigan, ammo yo`qotish eng qiyin
bo`lgan halaqit–bu chiziqlardagi uzilishlar hamda bir necha chiziqlarning qo`shilib
ketishidir. Tasvirlarga sifatli ishlov berish uchun ba’zi parametrlarni o`zgartirish
yordamida turli tasvirlarga moslashib, imkoni boricha ko`proq halaqitlarni
yo`qotuvchi algoritmlar zarur. Bunday parametrlar sifatida filtrlarning o`lchami,
bo`sag`a qiymatini olish mumkin. Filtr o`lchamlarini tanlashda quyidagi asosiy
omillarni hisobga olish zarur: filtrlash algoritmining vazifasi, algoritmni dasturlash
qiyinchiligi algoritmning ishlash vaqti, manba tasvir sifati hamda halaqitlarni
yo`qotish darajasi. Halaqitlarning hajmiga qarab qo`shqiymatli tasvirlar 4 ta sinfga
bo`linadi:
1)
o`ta halaqitli tasvirlar, ya’ni tasvirda barcha turdagi halaqitlar mavjud hol;
80
2)
chiziqlarning uzilishlari va qo`shilib ketishlaridan tashqari barcha halaqitlar
mavjud hol;
3)
tasvirdagi kichik bo`shliqlar, chegara notekisligi ko`rinishidagi halaqitlar
mavjud hol;
4)
faqat obyekt chegaralaridagina halaqit bo`lgan hol. Halaqitlarni yo`qotish
uchun qo`shqiymatli tasvirlarda asosan markazidagi qiymati atrofidagi bir jinsli
elementlar asosida o`zgartiruvchi tekislovchi filtrlar ishlatiladi.
Biror manzaraga qaraganimizda, unga shisha plastina tutamiz deb tasavvur
qilaylik. Agar bu shisha plastina mukammal darajada shaffof bo`lmasa qaralayotgan
manzara o`zgarib ko`rinishi. Shishaga, u nimadan tayyorlanganiga bog`liq ravishda
o`zgarishlar juda turli xil bo`lishi mumkin. Masalan, shisha rangli bo`lsa, tasvir mos
ravishda ko`rinadi, xira shishadan esa shuvalib ko`rinadi. Tasvirlarni filtrlash ham
dunyoga shunday shishalar orqali qarashga o`xshaydi, tajribalarni qancha ko`p turli
plastina bilan takrorlashga qarab effektlar ham turli xil bo`ladi. Tasvirlarni filtrlash
ostida, bir necha qoidalar asosida o`z natijasi bilan manba tasvir o`lchmidagi boshqa
tasvirni hosil qilish jarayonlari tushuniladi. Odatda natijaviy tasvirdagi har bir
piklsel intensivligi(rangi) manbaa tasvirda ayrim kesishuvlarida joylashgan pisellar
ranglariga bog`langan. Filtrlash qoidalari(o`qlarni filtrlar deb yuritiladi) eng turfa xil
bo`lishi mumkin. Bu ma`ruzada biz eng soda filtrlarni ko`rib chiqamiz. Eslatib
o`tamiz, taklif qilingan tasnifga ko`ra ikki va undan ortiq filtratsiya ketma ketligini
o`z ichiga olgan jarayonlar ham filtratsiya hisobnadi. Shu yo`sinda oddiy amal
bo`lgan tashkil etuvchi filtrlar haqida gapirishimiz mumkin. Ushbu ma`ruzadagi
filtrlarning asosiy turlarini o`rganib, keying ma`ruzalarda keluvchi turli xil
masalalarda filtlrardan tashkil topgan filtrlarni qo`llashni o`rganamiz. Tasvirlarni
filtrlash kompyuter ko`rishi faning obrazlarni tanish va tasvirlarni tahlil etish asosiy
jarayonlaridandir. Amalda manba tasvirning u yoki bu filtratsiya bilan ko`plab
uslublar boshlanadi. Ushbu ma`ruzada ko`riladign filtrlar ularni turli ilovalarda
qo`llaniladi va juda ahamiyatli hisoblanadi.
Chiziqli filtrlar bu juda oddiy matematik izohga ega filtrlar oilasidir. Shuning
bilan birga ular juda turli effektlarga erishishga imkon beradi. Aytaylik, yarim tonli
81
A manbaa tasvir berilgan bo`lsin, uning piksellari intensivligini A(x,y) deb
belgiaymiz. Chiziqli filtr rastrda berilgan F funksiya orqali aniqlanadi. Ushbu
funksiya filtratsiya yadrosi deb yuritiladi, filtratsiyaning o`zi esa diskret aylantirish
orqali amalga oshiriladi.
|