86
jadvali bo`lib, ixtiyoriy sondagi qator va ustunlardan tashkil topgan. Kompyuter
texnologiyasida har qanday informatsiyani saqlash qurilmasi matritsa ko`rinishiga
asoslanadi va uning har bir yacheykasi adresni aniqlashga xizmat qiladi. Haqiqatan,
kompyuterli tasvirda oydinlashtirishning qo`llanilishi bo`sh matritsa tashkil etishdan
boshlanadi va uning har bir yacheykasiga grafik axborotning u yoki bu kodi – son
yoziladi. Tasvirga kiritilgan oydinlashtirish to`rining bir qiymatli o`rnatilishi amaliy
dastur vositalari yordamida virtual matritsa tashkil etishga xizmat qiladi.
Matritsadagi yacheykalarning soni ma’lumotlar massivini saqlashga yetarli bo`lishi
kerak. Oydinlashtirish to`ri – bu umumiy holda jadval yoki matritsa hisoblanadi.
Oydinlashtirish to`rida vertikal va gorizontal bo`yicha yacheykalar soni matritsadagi
qator va ustunlar soniga mos bo`lishi kerak. Grafik dastur vositalari yordamida hosil
qilinadigan matritsa ingliz terminologiyasida map (karta) deb nomlanadi. Fizikada
«Karno kartasi» tushunchasi mavjud bo`lib, issiqlikdvigatelining foydali ish
koeffitsiyentini hisoblashda foydalaniladi. Shu ma’noda, map – oddiy jadval, bu
jadvalga bitli informatsiya («0» yoki «1») yoziladi. Shuning uchun jadval «bitli
karta» (bitmap) nomini oldi. Bundan kelib chiqqan holda kompyuter grafikasi
ba`zan «bitli» (bitmapped) deb ataladi. Bitli grafika (bitmapped image) – bu
grafikaning ko`rinishi, unda fazoviy oydinlashtirish bajariladi va elementlardan
foydalaniladi. Shunday qilib, kompyuter xotirasida matritsa tashkil etildi, endi uni
to`ldirish bilan shug`ullanamiz. Tasvirning har bir elementini oydinlashtirish
natijasida o`zining unikal adresiga ega bo`ladi. Har bir element oldindan berilgan
shkalada baholanishi zarur, bu esa kvantlashtirish protsedurasi hisoblanadi.
Tasvirlarning (oq-qora ranglisi bilan chegaralanamiz) o`zaro yagona farqi ularning
oydinlashtirish tipiga bog`liq qiymatga ega bo`lishidir. Kvantlashtirishning xarakteri
tasvirdagi diskert elementlarning turli darajadagi yoritish elementlaridan tashkil
topganligidadir. Tasvirni shtrixlashda faqat ikkita axromatik rangdan foydalaniladi,
ularni ikki holat sifatida ifodalash mumkin. Bu ikki holatni kodlashtirish uchun
hammasi bo`lib bitta ikkilik razryad talab etiladi.