O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika matematika fakulteti




Download 8.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/163
Sana05.02.2022
Hajmi8.58 Mb.
#17123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Raqamli va AT, ZAMONAVIY AXBOROT, Excel 4-dars, ekologiya 11, autoref-formirovanie-informatsionno-tekhnologicheskoi-kompetentnosti-budushchikh-spetsialistov-turis, Harbiy-o\'quv dasturi 2022 2023 B. Rajabov, umumiy fizika, Mavzu Арралар ва рандалар турлари мавзусини ў итиш методикаси, Darslarni o‘tish, Doc2, raqamlli texnologizalar, 2.1, agodro doimiysi, bildirishnoma (2)
 
 
Hozirgi kunda fidoyi o’qituvchilarning ijodiy izlanishlari orqali bir qancha innovatsion 
ta‘lim usullari ishlab chiqildi. Bunday usullardan samarali foydalanish uchun o’qituvchi o’z 
fanini puxta bilishi, ilg’or innovatsion o’qitish usullaridan yaxshi xabardor bo’lib, ulardan 
samarali foydalanish yo’llarini kashf eta olishi lozim. Shundagina o’qitish sifati ham, 
o’quvchilarning fanni o’zlashtirish samaradorligi ham yuqori bo’ladi. Lekin darslarda shablonga
o’rin bo’lmasligi, yangiliklarni, yangi usullarni tinmay izlash va joriy etish lozim. Bugungi 
kunda innovatsion mashg’ulotlarni noan‘anaviy darslarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Lekin 
A.A.Murashov aytganidek, ―...har qanday yangilikka o’quvchilar tez orada ko’nikib ketadilar,
shuning uchun axborot va tarbiya berish vazifasi dasturda belgilangan qat‘iy chegaraga 
sig’adigan, ravshanki, ilg’or o’qituvchilar qurollanib bolgan yangi usullarni istisno etmagan 
ќolda ushbu originallikni odatdagi darslar tsikli yakuni sifatida taqdim etish kerak. 



Zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlari, o’quv yurtlari tizimida asosan kompyuter 
tarmoqlari va Internet tizimlarini qo’llashning zamonaviy talablaridan biriga aylantirmoqda. 
Mamlakatimizda multimedia taxminan 1980-yilning oxirlarida paydo bo’ldi. Bu vaqtda 
multimedia xonadon kompyuterlarida emas, balki mutaxasislar tomonidan ishlatilgan. 1993-
yilga kelib multimedialar tadqiqotchilar jamoasi, tayyor multimedia mahsulotlari va ularning 
iste‘molchilari tomonidan foydalanila boshladi. Ingliz tili va boshqa tillarni o’rgatishda 
kommunikativ muloqotga o’rgatuvchi zamonaviy metodlardan foydalanish dars samaradorligini 
oshirish bilan birga o’quvchilarning fanga, tilga bo’lgan qiziqishini yanada oshiradi va 
dunyoqarashini o’stiradi. O’qituvchi interfaol metodlarni qo’llash bilan birga informatsion 
texnologiyalardan foydalanishi til o’rganishda ko’proq samara beradi. Bugungi kunda ta‘lim
jarayonida elektron resurslar, multimedialardan keng foydalinilmoqda.
Multimedia - kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni va turli
(multiplikatsiya) animatsiyalarni mujassamlantirish imkonini beruvchi zamonaviy kompyuter 
axborotlari texnologiyasidir.
Multimedia - kompyuterga matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni va turli
(multiplikatsiya) animatsiyalarni kiritish, chiqarish, qayta ishlash, saqlash, uzatib berish 
texnologiyalari ko’paytmasidir.
Multimedia — bu interaktiv tizim bo’lib, matn, tovush, videotasvir, grafik 
tasvirlarni, videoni qo’zg’almas harakatini turli (multiplikatsiya) animatsiyalarni orqali 
jonlantirish, ovozini kuchaytiruvchi vositadir. Multimediaga displey ekranidagi ovoz effekti
orqali qo’zg’almas tasvir va ovoz orqali grafik tasvir harakatlanuvchi tasvir animatsiyalari 
kiradi.
Multimedia tizmining paydo bo’lishi ta‘lim tizimida, san‘at, kompyuter treninglar, 
kompyuter o’yinlari, o’tkazishda juda katta o’zgarishlar olib kirdi.
Hozirgi kunda multimedia so’zini uch xil tushunish mumkin:
«multimedia -g’oya», bu turli toifadagi axborotlarni saqlashning yangicha 
yondashuvidir. Kompyuter texnikasini rivojlanishi turli toifadagi axborotlarni qayta ishlashga 
olib keldi: raqamlar bilan boshlandi, kompyuterda matn qayta ishlanishi o’rnatildi, tasvir va
tovush ma‘lumotlari qayta ishlanuvchi obyektga aylantirildi, hozirgi kunda kompyuter 
bemalol video tasvirlarni ovoz bilan ta‘minlashi mumkin;
turli tabiatdagi axborotlar bilan ishlashni ta‘minlaydigan qurilmalar. Bularga multimedia 
platasi,multimedia komplekslari va multimedia markazlari kiradi;
―multimedia mahsuloti - yuqorida keltirilgan turli toifalardan tashkil topgan 
mahsulotdir.
Multimediali o‘rgatuvchi kompleks tarkibiga o‘rgatuvchi dasturlar kiritilishi mumkin. 
Multimediali o‘rgatuvchi kompleks tarkibiga quyidagilar kiradi: elektron kitob (gipermatn, 
rasmlar, ovozli formatda izoh); baholash va bilimlarni sinash uchun modul (testlar, masalalar, 
javoblar); ma’lumotlar ombori va glosariy. Keltirilgan modullar tashqari multimediali 
o‘rgatuvchi kompleksga quyidagi qo‘shimchalar kiritilgan: metodik xujjatlar, ma’ruzalar 
taqdimotlari, o‘rgatuvchi dasturlar (kompyuterli modellar), bilimlarni yakuniy bahosi; maxsus 
sayt.
Ikki darajali ta’lim tizimi sharoitlarida multimediya-dasturlari turli qo‘llanishlari 
mumkin: multimediali o‘rgatuvchi vosita yakka tartibda foydalanish vositasi, multimediali 
o‘rgatuvchi kompleks esa – o‘qituvchi va magistrant quroli. Multimediali o‘rgatuvchi 
komlpeksning asosiy xususiyati interfaolligida, bu ta’limning ochiq tizimini tashkil etishni, 
o‘qituvchini shaxsiy ta’lim berish jarayonini tanlash imkonini beradi. Ikkala dastur bir birini 
to‘ldiradi. Bunday dasturlar talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi. 
Jamiyatning informatizatsiyalashuvchi atamasi–D.Benk va YE.Masudolar tomonidan ilk 
bor qo`llanilgan bo’lib, bugungi kunda mavjud bo’lgan ziddiyatlardan hosil bo’lgan, 
kompyuterlar, informatika, elektronika bilan uyg`unlashib ketgan jamiyat ma'nosini anglatadi. 
Kengrok ma'noda olsak, informatizatsiyalashgan jamiyatda–jamiyatning informatizatsiya-
lashuvi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonunlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu inson 



faoliyatining barcha soxalariga intellektual mexnat quroli sifatida axborotlarni tezkorlik bilan 
yig`ish, qayta ishlash, jarayon, voqea va xodisalarni modellashtirish, ularni taxlil qilish imkonini 
beruvchi kompyuterlashtirilgan tizimlar va boshqa informatsion texnologiyalar kirib kelishini 
anglatadi.
 

Download 8.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Download 8.58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika matematika fakulteti

Download 8.58 Mb.
Pdf ko'rish