O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti




Download 0.55 Mb.
bet5/29
Sana18.02.2022
Hajmi0.55 Mb.
#17755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba)
QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2-TOM NAMMTI YSMKT, 2.2 reja, 2.2 docx
1.Algoritm tushunchasi
Inson hayoti davomida katta-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo‘lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o‘zlashtirgan bilimiga asoslanib ma’lum bir tartibga keltiradi. Bunga hayotimizdan xilma-xil misollar keltirish mumkin.
1.1misol
Ko‘chadan o‘tish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsin. U holda ko‘chadan o‘tayotgan kishi hammamizga odatiy hol bo‘lib qolgan quyidagi harakatlarni bajarishi lozim bo‘ladi:

  1. chap tarafga qaralsin, agar transport vositasi yo‘q bo‘lsa,

2- bandga o‘tilsin, aks holda 1-bandga o‘tilsin;

  1. o‘ng tarafga qaralsin, agar transport vositasi yo‘q bo‘lsa,

  1. bandga o‘tilsin, aks holda 1-bandga o‘tilsin;

  1. ko‘chadan o‘tilsin.

    1. misol

Eni 6 metr va boyi 10 metr bolgan joyni toldirish uchun sotib olinishi kerak bolgan 12x25 sm (eni 12 sm va boyi 25 sm) gishtlar soni topilsin.
Hisoblayotgan kishi geometriya fanidan olgan bilimiga asoslanib quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajaradi:

  1. joyning yuzasi Sjoy santimetr o‘lchov birligida topilsin;

  2. bir dona g‘ishtning yuzasi Sg‘isht santimetr o‘lchov birligida topilsin;

  3. g‘ishtlar soni Sson joyning yuzasini g‘ishtning yuzasiga nis- bati deb olinsin.

Bu amallar ketma-ketligini quyidagi matematik formula bilan ham ifodalash mumkin:

1.3-misol
Amal bajarisin: 19632107 + 19702202. Bu amalni qanday bajargan bo‘lar edingiz? Ha, to‘gri, bu sonlarni ustun ko‘rinishida deyarli quyidagicha qo‘shasiz:

  1. sonlar xonalari to‘g‘ri keladigan tartibda birinchisining tagiga ikkinchisi yozib olinsin;

  2. sonlarning birlik xonasidagi raqamlarini qo‘shib, natijani birlik xonasidagi raqami birliklar tagiga yozilib, o‘nlik xonasi raqami dilda saqlansin;

  3. sonlarning o‘nliklardagi va dildagi raqamlarni qo‘shib, natijani birlikdagi raqami o‘nliklar tagiga yozilib, o‘nlik raqami dilda saq- lansin;

va 3-banddagi qoida yuzliklar, mingliklar va hokazo uchun takrorlanadi. Bu amallar quyidagi korinishda sizga juda tanish:



19632107
+ 19702202
39334309
Yuqoridagi misollarda keltirilgan amallar ketma-ketligi, bosh- qacha aytganda, ko‘rsatmalar yoki buyruqlar ketma-ketligi biror kishi tomonidan bajarilgach, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Bun- day amallar ketma-ketligi yoki hayotimizda har kuni va har soatda uchrab turadigan turli qoidalar ichida biror zaruriy natijaga eri- shishga olib keladigan amallarni ketma-ket bajarishni talab etadigan qoidalar informatikaning asosiy tushunchalaridan biri algoritm so‘zi bilan ifodalanadi.
Algoritm so‘zi IX asrda yashab (783- yilda tug‘ilgan) o‘z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiy arifme- tikaga bag‘ishlangan «Hind hisobi haqida kitob» risolasida to‘q- qizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har qanday sonni ham qisqa va oson yozish mum- kinligini aytadi va hozirgi kunda hamma o‘quvchilar biladigan sonlar ustida, yuqoridagi 3-misoldagi kabi ustun ko‘rinishida amal­lar bajarish qoidalarini yoritadi. Ayniqsa, nol (0) qo‘llashning ahamiyati haqida tushuncha berib, nolni yozmaslik natijaning xato chiqishiga olib keladi, degan. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan va butun Yevropaga tarqatilgan. Bu tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan qo‘lyozmasining yagona nus- xasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda risola.


«Dixit Alxhorithmi», ya’ni «Dediki al-Xorazmiy» iborasi bilan boshlanadi.
Algoritm deganda, biror maqsadga erishishga qaratilgan ijrochi bajarishi uchun mo‘ljallangan ko‘rsatma (buyruq)larning aniq, tushunarli va chekli ketma-ketligi tushuniladi.
Bu algoritm tushunchasining matematik ta’rifi bo‘lmasa ham intuitiv ma’noda algoritmning mazmunini ochib beruvchi tavsifidir. Algoritmni intuitiv ma’noda bir necha misollarda izohlaymiz. Biror- bir narsani taqiqlovchi qoidalar algoritm bo‘lolmaydi, masalan: «Chekish mumkin emas», «Begonalarning kirishi taqiqlanadi», «Kirish», «Chekish uchun joy» kabi biror-bir narsaga ruxsat etuvchi qoidalar ham algoritmga xos emas. Lekin «Svetoforni yashil rangida o‘ting» juda sodda bo‘lsa ham algoritmdir.
Demak, yuqorida keltirilgan misollardagi ko‘rsatmalar ketma- ketligi algoritm va bu algoritmlarni bajarayotgan inson — ijrochi bo‘lar ekan. Algoritm ijrochisi faqat insonmi, degan savol berishingiz tabiiy. Bu savolga javob quyidagicha:

Download 0.55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 0.55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti

Download 0.55 Mb.