genomika fanining shakllanishiga olib keldi.
3. Genetikaning shahobchalari Hozirgi zamon genetikasi tadqiqot ob’ektiga ko‘ra kompleks fan bo’lib, uning bir
qancha shahobchalari bor. Umumiy genetika, mikroorganizmlar genetikasi, odam genetikasi,
hayvonlar genetikasi, o‘simliklar genetikasi, molekulyar genetika, immunogenetika,
sitogenetika, tibbiyot genetikasi, populyatsion genetika, pedagogik genetika ana shunday
shahobchalardir.
Umumiy genetika — irsiy axborot tuzilishini, irsiyat va o‘zgaruvchanlikni
tiriklikning barcha darajalariga xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni ochishdan iborat.
Mikroorganizmlar genetikasining tadqiqot obekti bo‘lib, bakteriyalar, viruslar tuban
eukariot organizmlar hisoblanadi.
Odam genetikasi — odam populyatsiyalarida irsiyat va o‘zgaruvchanlik hodisalarini,
tashqi muhit sharoitlari ta’sirida belgilarning irsiylanishi, ularning o‘zgarish xususiyatlarini
tadqiq qiladi.
Hayvonlar genetikasining tekshirish obekti — umurtqasiz va umurtqali hayvonlardagi
belgi-xossalarning irsiylanishi bo’lib hisoblanadi.
O‘simliklar genetikasi — asosan yopiq urug’li o’simliklarda belgi, va xossalarning
avloddan-avlodga berilish qonuniyatlarini ochish bilan shug’ullanadi.
Molekulyar genetika - genotipdagi genlar tuzilishi va ularning ifodalanishi
(ekspressiyalanish), mutatsiyalar chastotasi va ularning populyatsiyada tarqalish va molekulyar
darajadagi evolyutsion jarayonlarning ro‘y berish qonuniyatlarini kashf etadi.
Immunologik genetika esa antigen omilning irsiylanishi va immun reaksiya-larining
genetik sabablari, qonuniyatlarini tadqiq qilish bilan mashg‘ul bo’ladi.
Sitogenetika — odam, hayvon va o‘simlik xromosomalarining tashqi va ichki tuzilishi
obekti bo’lib sanaladi.