• Gugo de Friz, germaniyalik Karl Korrens va avatriyalik Erix Chermak
  • 1900- yil e’lon qildilar. Ammo bu olimlar chex ruhoniysi Gregor Mendel ochgan irsiyat qonunlarini
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    birinchi bosqichi
    1865-1910
    yillarni o‘z ichiga oladi va chex 
    olimi 
    Gregor Mendelning
    (1822-1884) irsiyat va o’zgaruvchanlik ta’limoti kashf etilishi bilan 
    bog’liq. 
    1865 -yil Brno shahridagi (Chexoslovakiya) tabiatshunoslar jamiyatida Mendel no‘xat
    o‘simligi duragaylari ustida olib borgan ishlarining natijasini e’lon qildi. U no‘xat o‘simligining
    har xil navlarini chatishtirib belgilarni keyingi bo‘g‘inlarga berilish tartibini kuzatib bordi va
    ma’lum qonuniyatlarni aniqladi. Bu qonunlar quyidagilardan iborat: 
    1.Ustun kelishlik yoki bir xillik;
    2.Avlodlarda belgilarning ajralish xodisasi; 
    3.Irsiy belgilarning yoki genlarni mustaqil taqsimlanish qonuni.
    Mendel ochgan bu qonunlar o‘z davrida fanda olimlar tomonidan tan olinmadi. Chunki bu 
    hodisani boshqa ekinlarda ham tekshirib ko‘rish zarur edi.
    Genetikaning mustaqil fan sifatida rasmiy tan olinishi 1900 yil uch botanik olimlar: 
    gollandiyalik 
    Gugo de Friz,
    germaniyalik
    Karl Korrens
    va avatriyalik
    Erix Chermak
    larning 
    duragaylash bo‘yicha olib borgan ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu uch botanik olimlar 
    bir-biridan behabar holda turli obektlar (G.de Friz 
    enotera
    va 
    lolaqizg‘aldoq
    , K.Konrens 
    makkajo‘xori
    , E.Chermak 
    no‘xat
    duragaylari) ustida tadqiqot o‘tkazib, ota-ona irsiy 
    belgilarining nasldan-naslga berilishi va kelgusi avlodlarda ajralishi haqidagi maqolalarini 
    1900-
    yil
    e’lon qildilar. Ammo bu olimlar chex ruhoniysi Gregor Mendel ochgan 
    irsiyat
    qonunlarini
    qaytadan kashf etdilar xolos. Chunki, Mendelning irsiyat haqidagi qonunlari
    1865
    yilda nashr etilgan
    “O‘simlik duragaylari ustida tajribalar”
    nomli asarida bayon 
    etilgan edi. Shuning uchun 1900 yil genetika fanini tug‘ilish yili deyiladi va G.Mendel
     
    o‘rinli 
    ravishda genetikaning asoschisi bo’lib hisoblanadi. 
    Mendel no’xat ustida tajriba olib borib, ularning ayrim belgilarining keyingi bo’g’inda 
    berilishini o’rgandi va 2 ta muhim masalani hal etdi: 
    1. Belgi va xususiyatlar jinsiy hujayralar orqali beriladigan ayrim irsiy omillar bilan 
    belgilanadi. 


    2. Organizmlar chatishtirilganda ularning ayrim belgi va xususiyatlari yo’qolib ketmaydi, 
    balki ota va onada qanday bo’lsa, kelgusi bo’g’inlarda ham shunday saqlanadi. 
    Mendelning bu ta’limoti genetikaning kelgusi rivojlanishiga nazariy asos bo’ldi. Irsiyat
    va o‘zgaruvchanlik haqidagi fanga

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish