• A.Shleyden va zoolog T.Shvan
  • Guk R . 1665  yilda o‘zining «Mikrofotiya» deb atalgan kitobida birinchi bo‘lib hujayra haqida yozgan.  1838-39




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/251
    Sana07.06.2024
    Hajmi7,63 Mb.
    #261339
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   251
    Bog'liq
    biologiya majmua

    Guk R
    . 1665 
    yilda o‘zining «Mikrofotiya» deb atalgan kitobida birinchi bo‘lib hujayra haqida yozgan. 
    1838-39
    yillarda nemis olimlari- botanik 
    A.Shleyden
    va zoolog 
    T.Shvan
    bir xulosaga kelishdilar-
    tirik organizmlar hujayralardan iborat. 1855 R. Virxov - hujayra bo‘linish yo‘li bilan ko‘payishini yozdi. 
    Jinsiy hujayralar - urug‘lanish. ko‘payish asoslari ochildi. Hujayra to‘g‘risida ta’limotlar chuqurlashib 
    bordi. Tirik organizmlar hammasi kelib chiqishi bir hujayradan tuzilganligi haqida tushuncha - 
    sitologiya fanida yuzaga keldi. 
    Hujayrani shakli va o‘lchami. har xil bo‘ladi. Ko‘p hujayralar shar shaklida yoki cho‘ziq shaklda 
    bo‘ladi. Ba’zi hujayralarni shakli doimiy bo‘lmaydi, o‘zgarib turadi. Masalan: amyoba. qon hujayralari-
    leykotsitlar. Hujayrani o‘lchami har xil bo‘ladi. Hujayralar bir necha mikrondan bir necha 
    santimetrgacha bo‘lishi mumkin (mikron-0,001 mm) Masalan: tovuq tuxumining diametri 6 sm-gacha 
    bo‘ladi. Ko‘pincha hujayralar mayda va ularni mikroskop orqali ko‘rish mumkin. 
    Hujayrani eng muhim qismlari sitoplazma va yadro hisoblanadi. Sitoplazma - suyuq modda bo‘lib 
    unda bir qator organoidlar (endoplazmatik to’r, ribosoma, golji apparati, lizosoma, mitoxondriya
    plastidalar)joylashgan. Uning kimyoviy tarkibi juda murakkab: 10-20 foiz - oqsil, 2-3 foiz- lipidlardan, 
    1-2 foiz - uglevodlar, mineral tuzlar va boshqa narsalar - 1 foiz. Hujayrani hayotida oqsillarni ahamiyati 
    katta. Oqsillar tarkibida 20 xil aminokislotalar aniqlangan. Endoplazmatik to‘rni membranalari butun 
    sitoplazmada joylashib hujayrani tashqi membranasi (qobig‘i) endoplazmatik to‘r membranasiga o‘tadi. 
    Ya’ni, endoplazmatik to‘r tashuvchi vazifasini bajaradi. 
    Yadro
    - 1831 yilda angliya olimi R.Braun birinchi marta mikroskop orqali yadroni ko‘rgan. 
    1882 yilda nemis sitologi V.Fleming hujayra bo‘linishida bo‘ladigan yadrodagi o‘zgarishlarni yozgan. 
    Yadroning o‘lchami va shakli har xil bo‘ladi, ular hujayra shakli va o‘lchamiga ko‘proq bog‘liq. Odatda 
    yumaloq, cho‘ziq shakldagi yadrolar bo‘ladi. Yadrolar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Yadro zarur 
    organoid, yadrosiz hujayra halok bo‘ladi. Yadroning funksiyasi - hujayra bo‘linishida irsiy moddani 
    yangi hosil bo‘lgan hujayralarga o‘tkazadi. Yadro ikki holda bo‘lishi mumkin: tinch va bo‘linish 
    davrida. Yadro tuzilishi quyidagicha: yadro membranasi, yadro shirasi, yadrocha va xromatin yoki 
    xromosomalar. 
    Yadrocha - oqsil sintezida qatnashadi, uning ximiyaviy tarkibi oqsildan va nuklein kislotalar 
    (DNK va RNK)dan iborat.

    Download 7,63 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   251




    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guk R . 1665  yilda o‘zining «Mikrofotiya» deb atalgan kitobida birinchi bo‘lib hujayra haqida yozgan.  1838-39

    Download 7,63 Mb.
    Pdf ko'rish