|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 108/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmuaGigant xromosomalar
chivin
lichinkasining so‘lak bezi hujayralarida, so‘ng drozofila lichinkasi so‘lak bezlarida, o’simlik
hujayralarining
endospyerm
va
antipod yadrolarida
topilgan.
Xromosomalarni maxsus bo‘yoq moddalari bilan bo‘yaganda uning turli qismlari turlicha
reaksiyaga kirishadi. Ayrim qismlari to‘q rangga bo‘yaladi, ular
getyeroxromatin
, och rangga
bo‘yalgan qismlari
euxromatin
qismlardir. Ular turlicha genetik xususiyatga ega. Getyeroxromatin
qism irsiyat jihatdan nofaol, ular xromosomalarning sentromeraga yaqin joyda ko‘proq uchraydi.
Euxromatin qismlari esa faoldir.
Xromosomalarning kimyoviy tarkibi 90-92 % nukleoproteidlardan iborat. Nukleoproteid
dezoksiribonuklein kislotasi
(DNK)
va
oqsil gistonlardan
tashkil topgan. Bundan tashqari,
xromosomada RNK, kalsiy, magniy, temir ionlarining birmuncha miqdori va gistonsiz oqsillar ham
mavjud.
2.
Nuklein kislotalar to’g‘risida tushuncha
va ularning irsiyatdagi roli
Nuklein kislotalar tug‘risida tushuncha.
Nuklein kislotalar yuqori molekulali biopolimyerlar
bo‘lib, molekulyar massasi 250 dan 1,2.10
5
kDa atrofida bo‘ladi. Ular tirik organizmda irsiy belgilarni
saqlab, ularni avloddan-avlodga o‘tkazishda bevosita ishtirok etib, kibernetik vazifani bajaradilar.
Nuklein kislotalar
1869
yilda shvetsariyalik olim
F.Mishyer
tomonidan kashf qilingan. Ular
hujayra yadrosida aniqlanganligi va kislota xossasiga ega bo‘lganligi uchun
nuklein kislotalar
(lotincha
nucleys-yadro) deb atalgan. Tarkibidagi uglevodga qarab ular dezoksiribonuklein
(DNK)
va ribonuklein
(RNK)
kislotalariga bo‘linadi.
Nuklein kislotalar organizmlarda hujayralarning deyarli hamma organoidlar tarkibida uchraydi.
YAdroda DNK oqsil bilan birgalikda
dezoksinukleoprotoeid
(DNP) shaklida (umumiy massaning ~1%
ni tashkil qiladi). Ularning mitoxondriyalarda, xloroplastlarda ham borligi aniqlangan. YAdroviy
DNKda organizmning tur spetsifikligini belgilovchi genlarning asosini tashkil qilib, hujayra suyuqligida
esa irsiy belgilarni ko‘chiruvchi RNKlarni uchratish mumkin.
Biologiya tarixida nuklein kislotalarning tadqiq qilinishi mazkur fanni tavsifiy sohadan
ekspyerimental yo‘nalishiga aylantirishida benihoya katta xizmat qildi. Nuklein kislotalarni tuzilishi va
vazifalarini aniqlashda katta xizmat qilgan Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan olimlardan
|
| |