|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 116/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmua4. Organizmda oqsillarni sintezlashda, belgi va xususiyatlarning
shakllanishida nuklein kislotalarning ahmiyati
Genetik kod.
Genlarda oqsil molekulasining birlamchi tuzilishi to‘g‘risida irsiy axborot bor
degan g‘oya dastlab
F.Krik
tomonidan ilgari surilgan. Bu g’oyaga binoan gendagi nukleotidlar
izchilligiga ko‘ra oqsil tarkibida aminokislotalar joylanishi tartibi amalga oshadi. Oqsil tarkibida
20
xil aminokislota bor. Vaholanki, DNKdagi nukleotidlar atigi to‘rt xil. Mabodo bir nukleotid
bir aminokislotani oqsil tarkibiga kiritishda qatnashadi deb faraz qilsak, unda oqsil tarkibi
4
xil
aminokislotadan tashkil topib
16
tasi chetda qolar edi. Agar ikki nukleotid kombinatsiyasi
aminokislotallarni oqsil tarkibiga kiritadi deb o‘ylasak, u holda oqsil molekulasi 16 xil
aminokislotadan iborat bo‘lar, 4 aminokislota chetda qolar edi. Shunga ko‘ra bir aminokislota
polipeptid zanjiriga uchta nukleotid kombinatsiyasi orqali kiritiladi deb o‘ylaylik. U holda
4
3
=64
aminokislota polipeptid tarkibidan o’rin olgan bo‘lar edi. Lekin oqsil tarkibidagi aminokislotalar
yuqorida qayd etilganidek atigi
20
xil. Modomiki shunday ekan, u holda bir aminokislota bittadan
ortiq
triplet
yordamida oqsil tarkibiga kiritiladi deb faraz qillarniz (2-jadval).
Yuqoridagi mulohazalarga suyangan bir guruh olimlar (
X.Korana, M.Nirenberg, S.Ochoa
)
ning sayi-harakati tufayli
1965
yilga kelib barcha amino-kislotalari
tripletlari
aniqlandi va ularga
asoslanib
genetik kod
jadvali tuzildi.
Genetik koddagi nukleotidlar izchilligini aniqlash ikki xil metod asosida amalga oshirildi.
G.Korana o’z shogirdlari bilan genni laboratoriyada kimyoviy uo’l bilan sintez qildi, so‘ngra
polidezoksiribonukleotid
asosida hujayradan tashqarida qaysi triplet qanday aminokislotani polipeptid
bog‘ tarkibiga kiritishini aniqladi.
|
| |