3.
Qaynatilgan kapsulali bakteriyalar sichqonga kiritilganda sichqon tirik qoladi.
O O
→ sichqon → sog‘lom
va tirik qoladi
Qaynatilgan kapsulali
4.
Qaynatilgan kapsulali va kapsulasiz bakteriyalar sichqonga birga ukol qilinganda sichqon
halok bo‘ladi.
O
+
O
→ sichqon → kasallanadi va nobud bo‘ladi
Qaynatilgan kapsulali va kapsulasiz bakteriyalar sichqonga birga ukol orqali
kiritilganda kasallanish
sababi, ular o‘zaro ta’sir etib kapsulali bakteriyalar o‘z xususiyatini tiklab olgan. Bunda irsiy
moddani bir hujayradan ikkinchisiga o‘tishi -
transformatsiya
sodir bo‘ladi.
Qaynatilgan bakteriya ichidagi qandaydir modda kasallik qo‘zg‘atganini 1944-
yil amyerika
genetigi O.Evyeri tajribada tushuntirib berdi.
O.Evyeri tajribasi.
Pnevmakok bakteriyalarning 2 xili streptomitsinga chidamli va chidamsiz
shtammlari ustida tajriba olib bordi. O.Evyeri tajribasi bakteriyalarda
qanday modda irsiy
xususiyatni (trapsformatsiyaga sabab bo‘lganini) o‘zgartirganini aniqlab berdi. U laboratoriya
sharoitida probirkada streptomitsinga chidamli
bakteriyalarni parchalab, uning DNK moddasi ajratib
olindi. Olingan toza DNK chidamsiz bakteriyalar o‘tayotgan muhitga o‘tkazildi va kuzatib borildi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, streptomitsinga chidamli bakteriyalar DNK moddasi ta’sirida,
ikkinchi probirkada o‘sayotgan chidamsiz bakteriyalar shtammi antibiotikka chidamli bo‘lib
qolgan. O.Evyerining bu tajribasi DNK-ni irsiyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi borligini isbotladi. Bu
hodisa irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini molekulyar darajada o‘rganishga asos soldi.