|
Genetik axborot ko‘chirishning maxsus turlari Pdf ko'rish
|
bet | 122/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmua
Genetik axborot ko‘chirishning maxsus turlari.
Hozirgi davrga kelib genetik axborot
ko‘chirishning uchta maxsus turi aniqlangan.
1.
DNK dagi genetik axborotni RNKga ko‘chirish
virus bilan zararlangan hujayralarda
kuzatiladi. Bu tamaki mozaikasi va o‘simliklarning boshqa viruslarida hamda RNKga ega
baktyeriofaglarda va hayvonlar polioviruslarida uchraydi. Aytilgan viruslarning genomi RNKdan
tuzilgan bir zanjirli bo‘ladi. RNK molekulasidan RNK molekulasini sintezlanishi komplementar
prinsipga asoslanadi.
2.Teskari transkripsiya.
RNKdan genetik axborotni DNK molekulasiga ko‘chirish yoki teskari
transkripsiyaviruslarning ayrim tipi bilan zararlangan hayvon hujayralarida aniqlangan. Bunday
RNKning o‘ziga xos tipi retrovirus deb ataluvchi viruslar genomida mavjud. Hozirgi vaqtda gepatit
B ni qo‘zgatuvchi virus genomidagi RNK ham DNKni sintez qilishi ma’lum bo’ldi. Retrovirusning
RNKsi «xo‘jayin» hujayra-siga kirgach virus genomida teskari transkripsiya hodisasi ro‘y beradi.
Odatda retro-viruslar genomida RNK nusxasi 2 ta bo’ladi. Shunga ko‘ra oldin RNK-DNK dupleksi
hosil bo’ladi. So‘ngra qo‘shaloq zanjirli DNK molekulasi sintezlanadi. RNK komplementar asosda
DNK sintezlanishi teskari transkriptaza ferment ishtirokida amalga oshadi. Bu ferment odatda
retrovirus zarrachalari (varionlari) bo’lib , virus hujayraga kirgach faollashadi hamda uning
lipidioglikoprotein qobig’ini parchalaydi.
3. DNK transkripsiyasi va translyatsiyasi
. DNKdagi genetik axborotni to‘g‘-ridan-to‘g‘ri
oqsil molekulasiga ko‘chirish laboratoriyadagi
in vitro
da aniqlangan. Bunday sharoitda ba'zi bir
antibiotiklar, xususan, streptomitsin, neomitsin ribosomalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib ularning
xossasini shunday o‘zgartirib yuboradiki, oqibatda ribosomalar oqsil molekulasini hosil etuvchi
axborot qolipi sifatida iRNK emas, aksincha bir zanjirli DNKdan foydalanadilar.
|
| |