dumiga o’tuvchi o’q ip boshlanadi. Ana shu sentriolalar spermatozoid yadrosining boshiga surilib,
boshqa qismlariga nisbatan katta bo’lishiga sababchi bo’ladi. O’rta yoki tana qismi
distal
sentriolaning
tayoqchasimon va halqasimon bo'laklarining o’rtasida joylashgan. Bundagi o’q, ip atrofida spiral holatda
ko’plab mitoxondriyalar joylashgan bo’lib, unda giikogen, fosfatlar, ko’p miqdorda ATF saqlanadi. Bu
esa tana qism spermatozoidni energiya bilan ta'minlab turishidan dalolat beradi.
Dum qismi asosiy va oxirgi bo’laklardan iborat. Dumning asosiy qismi faqatgina o’q iplardan va
ularni o’rab turgan adenozintrifosfataza fermentini tutuvchi sitoplazmadan iborat. Bu ferment
mitoxondriyadagi ATF ni parchalaydi va shu yo’l bilan energiya ajralishini ta'minlaydi.O'q iplar 10 juft
mikronaychalardan iborat bo’lib, 9 jufti periferiyada, 1 jufti markazda joylashgan.
Dumning oxirgi bo’limi juda ingichka o’q ip-xivchindan iborat bo’lib, tashqi tomondan
plazmolemma bilan o’ralgan. Dumning asosiy vazifasi spermatozoidning harakatini ta'minlashdir.
Spermatozoidning fiziologik xususiyatiari. Urug’lanish jarayonida spermatozoidlar 3 ta asosiy
vazifani bajaradi:
1. Spermatozoid hosil bo’layotgan yangi organizmga otalik genlarini uzatadi.
2. Dumi yordamida spermatozoid harakatlanib, tuxum hujayra bilan to’qnash kelishini va akrosoma
xaltasidagi
gialuronidaza
fermenti yordamida tuxum hujayraning ichiga boshi va bo’yin qismlarining
kirishini ta'minlaydi.
3. Spermatozoid tuxum hujayraga bo’linishi uchun, zarur bo’lgan sentriolani olib kiradi.