2. Gametogenez jarayoni va uning biologik mohiyati. Jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish jarayoni
gametogenez deyiladi. Erkak jinsiy hujayrallarni
hosil bo‘linshi —
spermatogenez , urg‘ochi jinsiy hujayralarni hosil bo‘lishi —
oogenez deyiladi.
Gametogenez to‘rtta -
ko‘payish, o’sish, yetilish va
shakllanish bosqichlaridan iborat.
Hayvonlarda gametogenez. Hayvonlarda jinsiy hujayralar xuddi somatik hujayralardek
embrional hujayralardan rivojlanadi. Murtak hujayralaridan bora-bora jinsiy bezlar va jinsiy
hujayralar taraqqiy qiladi.
Ko‘payish bosqichida murtak hujayralari bir necha bor orqali bo‘linib gonial hujayralarni -
goniylarni hosil qiladi. Oldiniga ular ikkala jins organizmlarda o‘xshash bo’lsada, keyinchalik
tabaqalanib, erkaklarda
spermatagoniy , urg‘ochi organizmlarda
oogoniyga ajraladi.
Spermatogenez Urug‘dondagi maxsus to‘qima oldin yo‘li bilan bir necha marota bo‘linib, o‘lchamlari kichraygan
spermatogoniylarni hosil etadi. Shundan so‘ng
o‘sish bosqichi boshlanadi. Ular yana yo‘li bilan
bo‘linib birinchi tartibli spermatositlarga aylanadilar.
Yetilish bosqichida birlamchi spermatosit
hujayralari meyoz bo‘linishga o’tadilar. Reduksion bo‘linishdan so‘ng ikkita ikkinchi tartibli
spermatositlar hosil bo‘ladi. Ekvatsion bo‘linish natijasida 4 spermatidalar rivojlanadi (26-a rasm).
Shakllanish bosqichida spermatidalarning spermatozoidga aylanishi kuzatiladi. Bu jarayonga
yadro va sitoplazmaning barcha elementlari qatnashadi. Yetilgan spermatozoid
boshcha ,
bo‘yin va
dum qismlaridan tashkil topadi. (27 –b rasm) Spermatozoidning bosh qismida Goldji apparatidan hosil
bo’lgan