27-rasm.
Tuxum (A) va urug‘ (B) hujayra.
Ulardan uchtasi mayda, bittasi yirik ootida bo‘ladi. Faqat yirigi -
tuxum
hujayra keyingi
rivojlanish va urug’lanishga layoqatlidir. Qolgan uchta mayda ootidalar yo‘naltiruvchi tana bo’lib,
keyinchalik yemiriladi (26-b rasm).
Tuxum hujayra yirik, sitoplazmaga boy, qobiq bilan o’ralgan, uni tashqarisida ko‘plab
follikul hujayralar joylashgan bo’ladi (36-a rasm).
Sut emizuvchi hayvonlarning tuxum hujayrasi bevosita urug’lanishdan oldin yoki urug’lanish
davrida yetiladi. Tuxum hujayra vaqt-bevaqt yetilib turadi. Ayollarda odatda bir oyda bitta tuxum
hujayra yetiladi. Umurtqali hayvonlarning ko‘pchiligida tuxum
hujayra yilning ma’lum
mavaumida ko‘pincha bahor oylarida yetiladi. Odam tuxum hujayrasining vazni 10
-5
g ga teng
bo’lib, kam harakatchan. Spermatozoid esa maydaroq 10
-9
g ga teng, harakatchan bo’ladi.