|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 131/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmuava
megagametogenez
.
Yosh
urug‘kurtakning subepidermal qavatida arxeosporalar hujayra yetishadi. U reduksion usulda bo’linib
bitta yirik, bitta mayda sporani hosil qiladi. Bu sporalar ekvatsion usulda bo’linish natijasida bitta
yirik, uchta mayda spora rivojlanadi. Uchta maydasi keyinchalik yemiriladi. Qolgan bitta yirik spora
gaploid to‘plamli xromosomaga ega bo‘ladi. Bu spora uch marotaba usulda bo’linib 8 yadroli murtak
xaltachasini hosil qiladi. Murtak xaltachasining
mikropile
(spermiyalar kiradigan joy) qismida to‘rtta
yadro joylashib, ularning ikkitasi
sinyergidlar
deb nomlanadi, bittasi
tuxum hujayrani
hosil qiladi,
to’rtinchi yadro bo’lsa murtak xaltachasini markazidan o’rin oladi. Murtak xaltachasini mikropilega
qarama-qarshi
xalaza
qismida ham to‘rtta yadro joylashib, ulardan bittasi markazga intilib mavjud
markazdagi yadro bilan qo‘shilib diploid to‘plamli
markaziy yadroni
tashkil qiladi. Murtak
xaltachasining
xalazal
tomonida qolgan uchta yadro qo‘shilib ularni
antipod
deb ataladi. Sinyergid
va antipod hujayralari murtakning rivojlanishida yordamchi funksiyalarni bajarib keyinchalik
parchalanib ketadi.
Shunday qilib murtak xaltachadagi 8 hujayradan 6 tasi gaploid xromosomali, murtak
xaltachasini markazidagi ikkitasi o‘zaro qo‘shilib diploid xromosomali hujayraga aylanadi (29-
rasm)
.
1 2 3
29-rasm.
O’simliklarning qo‘sh urug’lanish sxemasi.
1-chang naychasining murtak xaltachasiga o’sib kirishi. 2-naycha ichidagi spyermiyalarning murtak
xaltachasiga quyilishi. 3-urug ‘lanishclan so’ng murtak xaltachasi
|
| |