1. Tashqi urug’lanish . Bunda jinsiy hujayralar tashqi muhitda - suvda, tuproq oralarida va boshqa
joylarda o’zaro qo’shiladi, ya'ni urg’ochi (samka) tuxum qo’yadi, erkak (sames) esa uni urug’lantiradi. Bu
hodisa erkak va urg’ochi individlar o’zaro yaqin masofaga kelganda sodir bo’ladi, ya'ni ular jinsiy hujayrani
suvga yoki boshqa joyga chiqarishini bir-biriga hid yoki boshqa kimyoviy moddalar orqali xabar beradi. Bu
jarayonga xulq-atvorlar ham ta'sir etadi. Bunday urug’lanish suvda yashaydigan hayvonlarda, baliqlarda,
amfibiyalarda uchraydi.
2. Ichki urug’lanish . Bunda jinsiy hujayralar ona organizmining jinsiy organlarida o’zaro
qo’shiladi. Erkak jinsiy hujayralarini tashqariga qo’yishi mumkin. Urg’ochilari esa uni o’zining jinsiy
teshiklariga kiritib oladi. Masalan, hasharotlarning ba'zilarida shu holatni uchratish mumkin. Bu tashqi-
ichki otalanish deb ataladi. Ba'zilarida erkaklari spermani urg’ochi jinsiy organlariga bevosita kiritib qo’yadi.
Masalan, sut emizuvchilarda shunday boladi. Bu ichki otalanish deb ataladi. Ba'zilarida ichki otalanish
bo’lsa ham, embrion tashqi muhitda rivojlanadi. Masalan, qushlarda, reptiliyalarda shunday holat
kuzatiladi.
Hayvonlarda urug’lanish jarayoni 3 ta ketma-ket bosqichdan iborat:
1)
gametalarning yaqinlashishi; 2) tuxum hujayraning faollashuvi; 3) singamiya.
Birinchi bosqich (faza) da spermatozoid tuxum hujayraning biror yuza qismiga ilinadi yoki
uning ichiga kiradi. Ba’zi hollarda masalan, spermatozoidni boshi tuxum hujayraga tegib uni
faollashtirishi, lekin u bilan qo‘shilmasligi mumkin. Bunday hodisa
soxta urug’lanish deb ataladi.
Ayrim holatlarda tuxum hujayraga bir necha spermatozoidlar kirishi mumkin. Uni
polispermiya hodisasi deyiladi.
Ikkinchi bosqichda tuxum hujayra ichiga kirgan spermatozoid uning yadrosi bilan qo‘shilishga
tayyorgarlik ko‘radi, ya’ni spermatozoid yadrosi kattalashib interfaza bosqichiga o‘tadi. Bunday
yadro